„SIMLIKSHUNOSLIKDA ILMIY TADQIQOT USULLARI VA FANNING




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/163
Sana02.06.2024
Hajmi3,18 Mb.
#259446
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
64363c7a88a43

„SIMLIKSHUNOSLIKDA ILMIY TADQIQOT USULLARI VA FANNING 
NAZARIY ASOSLARI 
Agronomiya - kompleks fandir. Bu fan o„simliklami etishtirish 
agrotexnikasi 
va qishloq xo„jalik mahsulotlarining hosildorligini oshirish va uning sifatini 
yaxshilashni nazariy asoslarini ishlab chiqadi. Ushbu muammoni hal qilishning 
asosiy omillari bo„lib, doimiy ravishda ilmiy bilimlami oshirib borish, ya‟ni 
qishloq xo„jalik ekinlarining yangi navlarini etishtirish, navlarni o„ziga xos 
bo„lgan yangi agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqishlar hisoblanadi. Bular esa o„z 


yo„lida ilmiy tekshirish ishlarini amalga oshirish, madaniy ekinlarining 
biologiyasini, hayot faktorlariga talabini aniq sharoit uchun mos holda ishlab 
chiqarishlar orqali amalga oshirildi. 
Ilmiy tekshirish ishlari hamma fanlarda ham nazariy yoki amaliy yo„l bilan 
hayotning qonuniyatlarini tushuntirib beradi. Ilmiy agronomiyani o„rganish uchun 
oldiga qo„yilgan masalalaming murakkabligiga nazariya bilan amaliyotni ajratish 
uchun imkon beradi. Olib borilgan kuzatishlar, tajribalar va shu nazariyalar 
asosida olib borilgan eksperimentning natijalarini umumlashtirish ilmiy 
nazariyaning asosi boiib hisoblanadi. 
Ilmiy agronomiya- nazariy asoslarini ishlab chiqishda va qishloq xo'jalik 
o„simliklaridan yuqori hosil olishda asosan ikki xil ilmiy kuzatishlami asos qilib 
oladi. 
1.
Kuzatish. 
2.
Eksperiment (tajribalar). 
Kuzatish deganda, o„rganilayotgan omillami o'simlikka son va sifat jihatdan 
ta‟sirini kuzatib, qayd etilib borilishiga aytiladi. Kuzatish vegetatsiya davri 
boshlanishidan vegetatsiya oxirigacha, ayrim tadqiqotlarda yil davomida olib 
boradi. Ob-havo stansiyalarida har kuni havoning harorati va yog„in miqdori 
kuzatilib hisobga olib boriladi. 
Qishloq xo„jaligida esa tuproq tarkibidagi namlikni, ozuqa elementlar 
miqdorini, har xil navlarni tashqi muhitga chidamlilik hususiyatlari va 
o„simliklami suvga bo'lgan talablari kuzatib boriladi hamda hisobga olinadi. 
Kuzatilayotgan yoki hisob olib borilyotgan eksperimentlar kuzatuvchiga 
muammoni tezlik bilan hal qilishni emas, balki ma‟lumot to„plashni taqoza qiladi. 
Buning uchun ishchi gipoteza asosida ilmiy asosda rejalashtiriladigan ilmiy- 
tekshirish ishlaridan olingan ma‟lumotlar asosida gipoteza tasdiqlanadi yoki 
noto„g„riligi asoslab beriladi. Butun fan rivoji tarixida yangi gipotezalar yaratilib 
eskisi yoki asossizlari tashlab yuboriladi. Shakllangan gipotezalar keyinchalik 
nazariyaga aylanadi va tajriba natijalari asosida to„g„ri yoki noto„g„riligi 
tasdiqlanadi. Hamma kuzatishlar o„rganilayotgan faktoming o„simlikka son va 
sifat jihatdan o„zgarish mazmunini tushuntirib bermaydi. Qishloq xo„jaligida 
faqatgina kuzatish bilan biron bir aniq qonuniyat yoki xulosaga kelib bo„lmaydi. 
Ilmiy agronomiyada oldiga qo„yilgan muammo yoki biror omilning tasirini 
o„rganishda aniq xulosa qilish uchun kuzatishdan ko„ra murakkabroq boMgan 
tajribalar olib boriladi. Ma‟lum bir faktomi qishloq xo'jalik ekinlarining hosiliga 
ta‟siri o„rganilib ular orasidagi borliq yoki qonuniyat aniqlanadi. Ushbu 
bog„liklik yoki nisbat 
korreliyasiya
deb ataladi. Masalan, azotli o„g„itlami 
me‟yori bilan paxta hosili o„rtasidagi bogMiklik 
korreliyativ bog„liqlik
deb 
ataladi. Agar azotning me‟yori ortib borishi bilan paxta hosildorligi ham ortib 
borsa, bu bogiiqlik to„g„ri korreliyativ bog„liqlik deb, aksincha azot me‟yori ortib 
borishi bilan paxta hosildorligi kamaysa, teskari 
korreliyativ bog„liqlik
deb 


ataladi. 
Faktor o„rtasidagi korreliyativ bogiiqlikni o„rganish ta‟siming mazmunini va 
mohiyatini ochishga yordam beradi. Kuzatuvchining sun‟iy ravishda biron bir 
faktor yaratib uning o„simliklarga ta‟sirini aniq o„rganish 
eksperimentyoki 
tajriba
deb ataladi. 
Tajriba - kuzatishning asosiy usuli boMib, o„z ichiga hamma kuzatish 
turlarini, korreliyativ bog„liqlikni, sharoitlami o„zgarish-larini aniq hisoblash va 
olingan ma‟lumotlami ishlab chiqishni o„z ichiga oladi. 
Tajribadan olingan ma'lumotlaming aniqlik darajasi juda ko"p jihatdan 
kuzatuvchining mahoratiga, qat‟iyatiga bog„liqdir. Shuning uchun Nyutondan 
qanday qilib buyuk ixtironi yaratgnanini so„rashginida, u hamma vaqt shu haqida 
o„ylaganini aytgan. Shuning uchun kuzatuvchi tajriba o„tkazuvchi hamma vaqt 
izlanishda bo„lishi shart. 
CHarlz Darvin iborasi bilan aytganda: Dohiy - bu sabr toqatdir. 
Kuzatuvchining muvofaqqiyatini juda ko„p jihatdan fanga, ilmiy ishga bo„lgan 
muhabbatiga, bardoshiga va to„g„ri tasavvur qilishiga bog„liqdir. 
B.A. Dospexovning ta‟kidlashicha, olib borilayotgan ilmiy ishlarning 
samaradorligi va uning sifati ko„p jihatdan tajriba olib borilgan kuzatishga aniqlik 
darajasi, uning uslubiga bogMiqdir. 
0
„simlikshunoslikda ilmiy ishlarning asoslari fani asosan qishloq xo„jaligida 
ilmiy ishlarning rejalashtirish usullarini, o„tkazish texnikasini ko„p yillik va ko„p 
faktorlik 
usulda o„tkazishni o„rgatadi. Qishloq xo„jaligidagi ilmiy 
agronomiyaning o„rganilayotgan ob‟ektining keng, ko„p qirrali va kuzatish 
usullarining xilma-xilligi uchun aniq fanlar -
kimyo, matematika, fizika, fiziologiya kabilar bilan birgalikda bajariladigan 
uslublardan foydalaniladi. 

Download 3,18 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



„SIMLIKSHUNOSLIKDA ILMIY TADQIQOT USULLARI VA FANNING

Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish