• Ilmiy mavzu tanlash.
  • ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH BOSQICHLARI VA UNI




    Download 3,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/163
    Sana02.06.2024
    Hajmi3,18 Mb.
    #259446
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
    Bog'liq
    64363c7a88a43

    ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH BOSQICHLARI VA UNI 
    TASHKIL ETISH 
    Ilmiy tadqiqot bosqichlari. 
    Ilmiy tadqiqotlar ma‟lum bir tartibda , ketma-
    ket holda olib boriladi. Shunga ko„ra tadqiqotlar bir necha bosqichlardan iborat 
    bo„lib, ular quyidagicha: 
    -ilmiy g„oya asosida mavzuni to„g„ri tanlash; 
    -ilmiy loyixa tuzish; 
    -ilmiy dastur tuzish; 
    -dastur asosida tajribalar olib borish; 
    -tajriba natijalari asosida xulosa, tavsiyalar va ilmiy ishlanmalar ishlab 
    chiqish; 
    -ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish. 
    Ilmiy tadqiqotlar olib borishda eng avvalo mavzuni to„g„ri tanlash maqsadga 
    muvofiq. Ilmiy mavzu davr talablaridan kelib chiqqan holda, real imkoniyatlarni 
    hisobga olib dolzarb muammolami hal qilishga qaratilgan boMishi lozim. 
    Qishloq xo„ja!igida to‟rgan asosiy muommolar: oziq-ovqat mahsulotlarini 
    ko„paytirish, ekololik muommolar, import o„mini bosuvchi, eksportbop, energiya 
    va mablag„ tejovchi yangi zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish va boshqalar. 
    Masalan, respublikamizda asosiy ekin maydonlarini g„o„za va g„alla ekinlari 
    tashkil etadi. Shu tufayli g„o„za va g„alla ekinlarining potensial hosildorligi 
    yuqori boMgan nav va duragaylarini yaratish, mineral 
    0
    „gMtlar samaradorligini 
    oshirish, ekinlar hosildorligini dasturlash, suv tanqisligi va kurg„oqchilik 
    sharoitlarida ekinlami parvarish qilishning ilg„or texnologiyalarini ishlab chiqish, 
    shamol va suv yerroziyasini oldini olish singari mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib 
    borish shular jumlasidandir. 
    Ilmiy mavzu tanlash. 
    Har qanday yangi gipotezani yoki nazariyani 
    qanchalik to„g„riligi va qishloq xo„jalik ishlab chiqarishiga keltirgan foydasini 
    aniqlash uchun asosan dala tajribalari o'tkaziladi va xulosa qilinadi. Dala 
    tajribasini to„g„ri o„tkazish va bajarish uchun ilmiy ishlami to„g„ri rejalashtirish 
    kerak. Rejalashtirish asosan quyidagi bosqichlardan iborat boMadi. 
    1.
    Mavzuni to„g„ri tanlash. 
    2.
    Mavzuga ta‟luqli masalami har tomonlama toMiq o„rganish. 


    28 
    3.
    Mavzu bo„yicha bajariladigan ishlarning ish rejisini va ilmiy kuzatishlar 
    uslubiyati bilan tanishish. 
    Kuzatuvchi ilmiy ishlami to„g„ri rejalashtirish uchun avvalo .ishlab chiqarish va 
    qishloq xo„jaligi uchun zarur boMgan mavzuni tanlash kerak. Buning uchun 
    kuzatuvchi ishlab chiqarishning shu kundagi holatini va kelajakdagi muammolarini 
    to„g„ri ko„rsatishi lozim. Shundagina tanlangan mavzu muhim ahamiyat kasb etadi, 
    masala echilganda qishloq xo'jaliliga ko„p foyda keltiradi. 
    Tanlangan tajribaning mavzusi belgilangan tabiiy iqtisodiy sharoit uchun 
    echilgan bo„lsa, ushbu mavzuni boshqa sharoit uchun va boshqa uslubiyat 
    aniqlash yo„li bilan davom ettirish mumkin. Bundan tashqari mavzuni tanlashda 
    kuzatish olib boriladigan joydagi sharoitni va mavjud bo„lgan asbob-uskunalar 
    bilan ta‟minlanish darajasini ham hisobga olish lozim. Bu katta muammoni hal 
    qiladigan mavzu bo„lib, uni bajarish uchun asbob uskunalar bo„lmasa, 
    muammoni qiyinlashtiradi yoki bajarib bo„lmaydi. 
    Tanlangan mavzu bo„yicha oldin bajarilgan tajriba natijalari va shu mavzuga 
    bog„liq boMgan adabiyotlar toMiq o„rganilib chiqilgandagina oldimizga 
    qo„yilgan masalalarni to„g„ri hal qilish mumkin. 
    MaMumki, mavzu noto„g„ri tanlash hisobiga yo„qotilgan bir daqiqa ham 
    qaytmaydi va qishloq xo„jaliligida ushbu vaqt bir yildan keyin keladi. D.I. 
    Mendelev davriy sistemasini o„zining tajribasi asosida yaratilgan boMib, olib 
    borilgan keng kuzatishlar va tahlil natijalari asosida ishlab chiqqan. Shuning chun 
    tajribada mavzuni to„g„ri tanlash uchun awalombor shu mavzudagi muqaddam 
    bajarilgan tajriba natijalarini tahlil qilib hamda shu mavzuga taMluqli 
    adabiyotlami tahlil qilib chiqish kerak. Shundagina bu yangilik tan olinadi. 
    Juda ko„p ilmiy maqolalar, jumallarda chet tilida chop etiladi. YuNESKO 
    ning 1957 yildagi maMumotlariga asosan jahon bo„yicha chop etiladigan ilmiy 
    axborotlaming 60% ingliz, 
    11
    % rus, 
    11
    % nemis, 
    9
    % fransuz, 3% yapon tillarida 
    chop etilgan axborotlarga to„g„ri keladi. Shuning uchun kuzatuvchi ilmiy tadqiqot 
    olib borish bilan birga chet elda chiqadigan yoki chet tilida chop etilgan 
    kitoblardan foydalana olishi kerak. Yuqoridagilami hisobga olib, bugungi kunda 
    yosh mutaxassislami tayyorlashda chet tilini o„qitishga katta e‟tibor berilmoqda. 
    Ilmiy hodisalami o„zgarishlari, kelib chiqishi to„g„risidagi juda aniq 
    boMmagan fikrni 
    ishchi gipoteza
    deyiladi. Ishchi gipotezalar asosida ish rejasi 
    ishlab chiqiladi va olib boriladi. 
    K.A.Timeryazev “Gipoteza bu hodisalami tushuntirishdagi birinchi 
    harakatdir. Hodisalami tushuntiruvchi gipotezalar, fikrlar ko„p boMishi mumkin, 
    lekin haqiqat bitta bo„ladi”, degan edi. Gipoteza, bu qalbaki bo„lsa ham ma‟lum 
    darajada o„z foydasini beradi. Shuning uchun taniqli bioximik Sent-Beridi - 
    “Hamma ko„rmagan narsani ko„rganingda va hech kim o„ylamagan narsani 
    o„ylaganingda haqiqiy yangilik yaratishing mumkin”, degan edi. 
    Fanlarning rivojlanishi tarixida ko„plab gipotezalar paydo boMgan. 


    29 
    Shulardan asosga egalari va mazmunan boylari nazariya shakliga o„tib, tajribalar 
    asosida ishlab chiqarishga tavsiya etilgan. Qolganlari tashlab yuboriladi. Hozirgi 
    kunda esa fanning rivojlanishi ancha jadallashdi. 
    I.
    V. Michurin fanning taraqqiyoti haqida: ‟‟Izdoshlarim mendan fan 
    sohasida ilgarilab, fikrlarimizga qarshi chiqish, xattoki mehnatlarimizni 
    kamsitishi va shu bilan birga fikrlarimizni, ishlarimizni davom ettirishi kerak”, 
    degan edi. Bu so„zlari bilan I.V. Michurin kuzatuvchilami ilmiy ishlarning 
    oldingisini takrorlamas-likka yangi nazariya va gipotezalar ustida ish olib 
    borishga chorlaydi. 
    Nazariya bilan gipoteza bir-biridan farq qilib ishchi gipoteza ish darajasi 
    ortishi bilan noto„g„ri deb topilishi mumkin. Nazariya esa fan taraqqiyoti bilan 
    yanada rivojlanib boradi. 

    Download 3,18 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




    Download 3,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH BOSQICHLARI VA UNI

    Download 3,18 Mb.
    Pdf ko'rish