21
Tajriba dalasida delyankalaming to„g„ri yo„naltirish sug„orishni to„g„ri
tashkil etish, namlik va suvdan samarali foydalanish, tuproq yeroziyasining oldini
olish, yorugMik va quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Delyankalaming
shakli deganda, eng avvalo, delyankaning uzunligini eniga
nisbati tushuniladi.
Delyankalar odatda kvadrat, to„g„ri to„rtburchak va
cho„zinchoq shakllarida boMadi. Delyankalaming barcha tomonlari bir xil
boMganda
kvadrat shakldagi delyankalar
deb ataladi (10 x 10 yoki 5 x 5).
Delyanka uzunligini eniga nisbati 1
dan katta, biroq 10 dan kichik boMganda
to„g„ri to„rtburchak shaklidagi (5 x 20 yoki 4 x 20) tomonlar nisbati 10 dan yuqori
boMganda (2.5x40 yoki 4x60)
cho„zinchoq shakldagi delyankalar
deb ataladi.
Ma‟lumki, eni nisbatan qisqa va uzunasiga cho„zilgan delyankalar har xil
unumdorliklami o„z ichiga qamram oladi va tajriba variantlarini to„g„ri taqqoslash
imkonini beradi.
Tajribada tomonlar nisbati 1: 10-1 : 15 tajribaning
samaradorligi va
ishonchliligi yuqori boMadi. Bu nisbatning yanada ortishi etarli ijobiy samara
bermaydi, faqat ayrim hollarda tajriba olib borishda qulayliklar keltirishi
mumkin, masalan, nav sinash paykallarida.
CHo„zinchoq shakldagi delyankalar delyankalar
maydoni katta boMganda
va qiyalik maydonlarda, tuproq unumdorligi sezilarli farqlar kuzatilgan hollarda
yaxshi samara beradi.
Uzun delyankalaming to„g„ri to„rtburchak
va kvadrat shaklidagi
delyankalarga nisbatan asosiy kamchiligi ulaming perimetrining kattaligi
hisoblanadi. Bunday delyankalar bilan dala tajribalari olib borish uchun katta
oMchamdagi dala maydonlari talab etiladi. Tajriba
xususuyatidan kelib chiqqan
holda uzun delyankal orasiga himoya polosalari joylashtirilishi lozim, holbuki, bu
hisob olib borilmaydigan himoya maydonining oMchami kvadrat va to„g„ri
to„rtburchak shaklidagi delyankalaming himoya maydoniga nisbatan sezilarli
darajada katta boMadi.
Ko'pchilik statsionar dala tajribalarida delyankalaming maydoni 20 dan 200
m
2
gacha boMib, delyankaning uzunligi eniga nisbatan 5-10 barabar yuqori
boMadi. Katta oMchamdagi delyankalarda esa odatda
ulaming uzunligi eniga
nisbatan 10-20 barobar katta boMadi.
Ishlab chiqarish tajribalarida variantlar oMchami ancha katta oMchamda
boMib, barcha variantlar bir yarusda joylashtiriladi. Odatda ishlab chiqarish
tajribalari bir takrorlanishda olib boriladi.
Nazorat savollari
1.
Tadqiqot elementlari deganda nimani tushunasiz?
2.
Variant deganda nimani tushunasiz?
3.
Delyanka degani nima?
4.
Himoya maydoni degani nima?
5.
Takrorlanish (qaytariqlar) deganda nimani tushunasiz?
6.
Nazorat varianti deb nimaga aytiladi?
7.
Tajriba sxemasi nima?
8.
Standart variant deb nimaga aytiladi?
0