Toshkent 2014 B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov o




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/163
Sana02.06.2024
Hajmi3,18 Mb.
#259446
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
64363c7a88a43


V
|>^
7
Nfo


nazariyasiga muvofiq takroriy tajribalar sonining kamayishi bilan xatoliklar 
aniqlanib, ulami yo„qotish imkoniyati yaratiladi. Shuning uchun tajribaning 
takroriyligi dala tajribasining aniqligini oshirishda zaruriy usul hisoblanadi. Bu 
esa tajriba sxemasining har qaysi variantida tajriba maydonining har xilligini 
bilib olish imkonini beradi. 
Qaytariqlar ma‟lumotlar aniqliqligini oshirishdan tashqari, tasodifiy 
xatoliklarni miqdoriy jihatdan aniqlash imkonini beradi. Tajribaning maqsadiga 
tuproqlaming xilma-xilligi variant maydonining katta- kichikligi va tajribaning 
davomiyligiga qarab qaytariqlarning zaruriy soni aniqlanadi. Odatda qadimdan 
sug„ori-ladigan sharoitda doimiy (statsionar) maydonlarda o„tkaziladigan 
agrotexnikaviy tajribalami kamida 4-marta takrorlash, unumdorligi va relefi 
jihatdan har xil bo„lgan yangitdan o„zlashtirilgan maydonlarda esa 5-6 marta 
takrorlanishi maqsadga muvofiq. Amaliyotda 
6-8
tali takrorlanishlar odatda 
rnayda delyankali tajribalarda (delyanka maydoni 2-10 m
2
boMganda) va tajriba 
dalasi etarlicha bir xil boMmagan sharoitlarda qoMlaniladi. Faqat ayrim 
hollardagina, ya‟ni variantlaming samaradorligini aniqlash qiyin boMganda, 
kichik me‟yorlarda ishlatiladigan mikro o„g„itlar va stimulyatorlar bilan bog„liq 
bo„lgan tajribalarda takrorlanishlar soni 

tadan ortiq bo„lishi mumkin. 
Hamma boshqa hollardagi dala tajribalarda qaytariqlar soni 3 va 4 tadan 
kam bo„lmasligi kerak. Ba‟zi dala tajribalarining natijasi yilning ob- havo 
sharoitiga bog„liq boMadi. Shuning uchun ko„pchilik hollarda ishonchli va aniq 
natija olish uchun tajribani maydonlar bo„yicha takrorlashlar bilan bir qatorda yil 
bo„yicha, vaqt bo„yicha ham takrorlash zarur. Bu vaqt xulosalarining 
ishonchliligini oshiribgina qolmay, balki ayrim hollarda kuruq, normal, nam 
yillarda o„rganiladigan usullarning nisbatan samaradorligi to„g„risida juda 
qimmatli ko„shimcha ma‟lumotlar olishga ham imkon beradi. 
Tajribalar vaqt bo„yicha taqrorlanishiga ko„ra qisqa muddatli, ko„p yillik 
uzoq muddatli -davomiy tajribalarga boMinadi. 
Qisqa muddatli tajribalaming davomiyligi 3-10 yilgacha, ko„p yillik 
tajribalarning davomiyligi 10-50 yilgacha, uzoq muddatli davomiy tajribalar esa 
50 yil va undan ham uzoq davom etadi. 
Tajribada bir dona variant joylashgan maydon 
delyanka
deb ataladi. Odatda 
delyanka tushunchasi seleksiya va urug„chilik bilan bogMiq ilmiy tadqiqotlarda 
ko„proq ishlatiladi. Chunki seleksiya va urug„chilikda yuzdan ortiq turli nav, 
duragay va namunalardan foydalanib, ularning har biri alohida delyanka 
hisoblanadi. 
Tajribani to„g„ri va sifatli bajarilishida himoya maydonlari katta ahamiyatga 
ega. Himoya maydonlari yon va chegaraviy himoya maydonlariga ajraladi. Dala 
tajribasida yon himoya maydonlari oMchami asosan delyankalarni tutash 
joylarida variantlaming bir- biriga ta‟sirini hisobga olgan holda belgilanadi. 
Ayniqsa, mineral oziqlantirish, sug„orish va tuproqqa ishlov berish bilan bogMiq 


19 
ilmiy tadqiqotlarda bir-biriga tutash boMgan delyankalaming bir-biriga ta‟siri 
yuqori boMadi. Bunday holat tajriba xatoliklarini keltirib chiqarishi mumkin. 
Odatda sug„oriladigan sharoitda olib boriladigan dala tajribalarida variantlaming 
ikki yon tomonida 1-2 qator egat himoya maydon uchun joy ajratiladi. Shundan 
kelib chiqqan holda, yon himoya maydon kengligi 0.6-1
.8
metr boMadi. Ayrim 
hollarda tajriba maqsadidan kelib chiqqan holda, shuningdek, gerbitsedlar bilan 
bogMiq tajribalarda yon himoya maydonining kengligi 2- 3 metr va undan ortiq 
boMishi mumkin. 
Seleksiya va urug„chilik bilan bogMiq dala tajribalarida yangi nav va 
duragaylar bir xil agrotexnik sharoitda kiyosiy o„rganilganda delyankalaming bir-
biriga ta‟siri deyarli kuzatilmaydi va bunday hollarda delyankalar orasida katta 
oMchamdagi himoya maydoni boMishiga ehtiyoj sezilmaydi. Bunday 
tajribalarda nav va duragaylarni bir- biridan oson ajratish uchun delyankalar 
orasida 20-40 sm ochiq himoya maydoni boMishi etarli hisoblanadi. 
Tajriba dalasida tajriba delyankalarini to„rt tomondan o„rab turadigan 
maydon 
himoya maydon
deb ataladi. Odatda ximoya maydonlari 5 metrdan kam 
boMmagan uzunlikda boMadi. 
Tajriba dalasi katta yoM trassasi bo„yida joylashsa yoki dala chegarasida 
ko„p yillik daraxtlar o„sayotgan boMsa himoya maydon uzunligi ko„proq, ya‟ni 
7-10 metrdan iborat boMadi. Himoya maydonini ajratishda eng avvalo qator 
oralariga ishlov beradigan traktorning ish kengligi, dala chetidagi daraxtlaming 
soya solishi, yoM chetidan keladigan chang va boshqa zararli ta‟sirlar, dalaning 
yuqori kismidagi sug„orish va pastki kismidagi tashlama o„kariqlar uchun 
ajratiladigan maydonlar hisobga olinadi. Dala tajribalarida chegaraviy himoya 
maydonlarini joylashtirish tartibi 
1
-rasmda keltirilgan. 
Yuqorida ta‟kidlanganidek, variantlar orasida va qaytariqlar orasida ma‟lum 
bir oMchamda himoya maydon ajratiladi. Masalan, har bir variantning umumiy 
maydonining 50% ni hisobli maydon tashkil etsa, 50% ni himoya maydon tashkil 
etadi. Delyankalaming himoya maydoni umumiy maydonning yarmidan oshib 
ketmasligi kerak. Himoya maydonlar odatda delyankalaming ikki yonboshida, 

Download 3,18 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent 2014 B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov o

Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish