|
I-QISM
ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH VABog'liq 64363c7a88a43I-QISM
ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH VA
OLIB BORISH
Ilmiy tadqiqot elementlari
Qishloq xo„jaligining o„ziga hos xususiyati bu sohada qishloq xo„jalik
ekinlarini etishtirish ochiq dalada olib boriladi. Bunda ekinlar hosildorligi ko„plab
ob‟ektiv va sub‟ektiv omillarga bog„liq. Har bir omil o„simlikning o„sish va
rivojlanish jarayonini o„rganish va uni ilmiy asoslash mutaxassislardan katta
bilim va tajribani talab etadi.
Qishloq xo„jaligida har bir yangi g„oya yoki ratsionalizatorlik takliflari
ishlab chiqarishga keng joriy etilishdan oldin bir necha yil davomida dala
tajribalarida o„rganilishi maqsadga muvofiq. Tajriba uslubiy jihatdan to„g„ri olib
borilishi va ma‟lumotlar ishonchliligiga alohida e‟tibor berilishi lozim.
Dala tajribalari o„zining oldiga ko„ygan muammo va vazifalariga qarab xalq
xo„jaligidagi ahamiyati baholanadi. Shuning uchun dala tajribalarida
o„rganilayotgan g„oya tushunarli va aniq boMishi, mavzu to„g„ri tanlanishi va
o„rganilayotgarr omilning ta‟siri to„g„ri baholanishiga alohida e‟tibor qaratiladi.
Bunda tabiiy iqlim va iqtisodiy sharoitlar hisobga olinadi.
Ilmiy tadqiqot olib borish uchun eng avvalo tadqiqot olib borishning tarkibiy
asoslari, ya‟ni tadqiqot elementlarini bilib olish lozim. Shuning uchun ilmiy
izlanish asoslari fanida tadqiqot elementlarini o„rganishga alohida e‟tibor beriladi.
Ilmiy tadqiqot olib borishdan maqsad turli usullami qiyosiy o„rganish va
ulami miqdor hamda sifat jihatdan baholash.
Ilmiy tadqiqot olib borish uchun eng avvalo tadqiqot olib borishning tarkibiy
asoslari, ya‟ni tadqiqot elementlarini bilib olish lozim.
Tadqiqot elementlariga variant, nazorat, standart, qaytariq, delyanka, hisob
maydoni, himoya maydoni singarilar kiradi.
Ilmiy tadqiqot olib borish asoslari fanining maqsadi tajribada turli usullami
qiyosiy o„rganish, tajriba natijalami miqdor va sifat jihatdan baholash
hisoblanadi.
|
| |