• Fanning boshqa fanlar bilan munosabati.
  • Fanning maqsadi va vazifalari




    Download 3,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/163
    Sana02.06.2024
    Hajmi3,18 Mb.
    #259446
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
    Bog'liq
    64363c7a88a43

    Fanning maqsadi va vazifalari. 
    Ilmiy tadqiqat ishlari fanining maqsadi 

    qishloq xojalik ekinlari yetishtirishning zamonaviy, energiya tejovchi yangi 
    texnologiyalarini yaratish va qishloq xojaligining barcha soxalarida fan yutuqlarini 
    qo ‟llash va shu asosda qishloq xo jalik maxsulotlari etishtirishni keskin oshirish

    mahsulot sifatini yaxshilash. 
    Ilmiy tadqiqot ishlari fanining asosiy vazifalariga:
     
    -ilmiy ish mavzusini davr ta‟labi asosida to'g'ri tanlab, bunda asosiy e ‟tiborni 
    energiya va mablag' tejovchi texnologiyalarga qaratish; 
    -qishloq xojaligida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni uslubiy jihatdan to'g'ri 
    bajarilishini ta ‟minlash; 
    -ilmiy tadqiqotlarni to'g'ri ko'yilishini, bunda variantlarni qaytariqlar va 
    yaruslar bo'yicha uslubiy jihatdan to „g'ri joylashtirish; 
    -tajribada hisob ishlarini va fenologik kuzatuvlarni to'g'ri va aniq bajarish; 
    -ilmiy tadqiqotlarda boshqa fanlarning yutuqlari va asosiy qonunlaridan 


    to'g'rifoydalanish va ular asosida ishyuritish; 
    -hosildorlikni to 'g „ri dispersion tahlil qilish; 
    -labaratoriya tahlillarini uslubiy jihatdan aniq va to 'g'ri bajarish; 
    -
     
    laboratoriya va dala daftarini to „g 'ri yuritish; 
    -
     
    ish dasturi, ilmiy loyiha va hisobotlarni to'g'ri bajarish; 
    -mustaqil fikr yuritadigan yuqori tafakkurli yosh mutaxasislar 
    tayyorlash; 
    -fanda eng zamonaviy yangi texnika va va jihozlar bilan to'liq ta 'minlash. 
    Fanning boshqa fanlar bilan munosabati. 
    Hech qaysi fan alohida holda 
    rivojlana olmaydi. Har qaysi fanning rivojlanishida boshqa fanlar qonuniyatlaridan 
    ma‟lum darajada foydalaniladi. 

    0
    „simlikshunoslikda ilmiy ishlari” fani - matematika, informatika singari aniq 
    fanlar, biologiya, fizika, kimyo singari tabiiy fanlar va dehqonchilik, paxtachilik, 
    o„simlikshunoslik, agrokimyo, seleksiya singari maxsus fanlar bilan o„zaro aloqada 
    rivojlanadi va mazkur fanlarning qonuniyatlaridan foydalanadi. Masalan, ekinlar 
    hosildorligini hisoblashda va dispersion statistik tahlil qilishda matematik amallardan 
    foydalanilsa, tuproqning g„ovakligi, zichligi, xajm og„irligi va suv xossalarini va 
    boshka 
    agrofizik 
    xususiyatlarini 
    o„rganishda 
    fizika 
    va 
    dehqonchilik 
    qonuniyatlaridan, tuproq va o„simlik tarkibidagi makro va mikro elementlami 
    o„rganishda kimyo va agrokimyo qonuniyatlariga asoslanib ish yuritadi. 
    Ekinlarda fenologik kuzatuvlar olib borishda o„simliklarning morfologik 
    tuzilishlarini bilishlari zarur, bunda botanika fanini puxta bilishlari lozim, zararkunanda 
    hashoratlar bilan zararlanish darajasini bilishda zoologiya va entomologiyani bilishlari, 
    o„simliklaming o„sish va rivojlanish jarayonini o„rganishda o„simlikshunoslik fanidan, 
    fotosintez mahsuldorlikni o„rganishda o„simliklar fiziologiyasi qonuniyatlaridan, 
    tuproqning tipikligini aniqlashda tuproqshunoslik, agrakimyo, dehqonchilik va 
    melioratsiya qonuniyatlaridan, variantlami joylashtirishda geodeziya va geometriya 
    qonuniyatlaridan, o„rganilayotgan nav va duragaylaming tipikligini aniqlashda seleksiya 
    va urug„chilik qonuniyatlariga asoslanadi. 
    Ilmiy tadqiqot asoslari fani garchi mustaqil fan boMsada, bu fanning rivojlanishi 
    va fan sifatida shakllanishi qishloq xo„jalik fanlari rivojlanishiga uzviy bog„liq. 
    Fanning rivojlanish tarixi. Insoniyat madaniy ekinlami parvarish qilishga, 
    e‟tibor bergan vaqtdan boshlab, rejasiz holda dastlabki kuzatish ishlarini olib 
    borganlar. Bunda, nafaqat o„simliklarning o„zi, uning hususiyatlari, hosildorligi, 
    tashqi muhitga munosabati, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi kuzatilgan. 
    Bu turdagi kuzatishlami xalq tajribalarining natijalari asosida juda ko„p xulosalar 
    maqol shaklida kirgan. 

    Download 3,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




    Download 3,18 Mb.
    Pdf ko'rish