|
Yuqori tezlik poezdlar harakatida muloqotlar reglamenti
|
bet | 28/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм7.4. Yuqori tezlik poezdlar harakatida muloqotlar reglamenti
Poezd radioaloqasi bo’yicha muloqotlarni o’tkazishda, mansabdor shaxslar quyidagi xabarlarni berilish shakllari va tartiblariga rioya qilishlari lozim:
a) kerakli abonentni chaqirish: “Xamza stansiyasi navbatchisi Amirov”. Agar chaqirilayotgan abonent javob bermasa u xolda chaqiruv qaytariladi.
Agar radioaloqa ta’siri doirasidagi barcha abonentlarni e’tiborini qaratish lozim bo’lsa. u xolda “Diqqat barchaga!” degan xabar jo’natilishi lozim.
Izox: “Diqqat barchaga!” so’zlari bilan boshlanadigan xabar poezd radioaloqasi bo’yicha xar bir mas’ul shaxslarga (poezd dispetcheri, stansiya navbatchisi, lokomotiv brigadasi) yuzaga kelgan tezkor sharoitdan kelib chiqqan xolda berilishi lozim.
b) Chaqiriladigan abonentning javobi: “Men Salar stansiyasi navbatchisi Odilov, eshitaman”; “Men poezd dispetcheri Xakimov. eshtaman”, “Men 2003 poezd mashinisti Tolipov. eshitaman”.
Xar qanday xolatda xam abonentlar o’z lavozimi va familiyasini aytishlari lozim;
v) chaqiruvchi abonent o’zini tanishtiradi: “Men 2007 poezd mashinisti Odilov” va undan keyin xabar, savol yoki buyruqning matnini davom ettiradi;
g) kirish, marshrut yoki chiqish svetoforlarining ta’qiqlovchi belgisiga poezdning kirishida stansiya navbatchisi (poezd dispetcheri) poezd radioaloqasi bo’yicha mashinistni oldindan chaqirishi va poezdni vabul qilish, va o’tkazib yuborish tartibining o’zgarganligi to’g’risida xabar berishi lozim;
d) nostandart vaziyat yuzaga kelganda mashinist yoki uning yordamchisi poezd radioaloqasi bo’yicha quyidagi so’zlar bilan xabarlarni uzatishni boshlashi lozim: “Diqqat barchaga!”(lozim bo’lsa xabar bir necha bor, ya’ni poezd dispetcheri, stansiya navbatchisi yoki mashinistlar tomonidan javob yuborilmaguncha qaytarilishi mumkin). Ko’rsatilgan xabarni olgan barcha radioaloqa xududidagi barcha poezd yoki lokomotivlar mashinistlari, poezd dispetcheri va stansiya navbatchilariradioaloqa bo’yicha muloqotlarni to’xtatishlari, xabarni e’tibor bilan tinglashlari va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha choralarni ko’rishlari lozim.
Yuzaga kelgan avariya yoki nostandart vaziyat to’g’risidagi axborotlarning to’liqligini ta’minlash maqsadida, poezd radioaloqasi bo’yicha muloqotlarni xabarni uzatgan mashinist yoki bortmuxandis va mazkur dispetcherlik uchastkasining poezd dispetcheri amalga oshirishlari lozim;
e) agar poezdda tormoz tizimida nosozliklar aniqlansa, mashinist yoki uning yordamchisi bu xaqida darxol poezd radioaloqasi bo’yicha poezd dispetcheriga , stansiya navbatchisiga va shu vaqtda chegaralovchi peregonda bo’lgan poezdlar mashinistlari yoki ularning yoramchilariga quyidagi shaklda xabar berishlarilozim: “Diqqat barchaga! Men 2007 poezd mashinistiAkbarov, Xamza-Salar peregonining 20 kilomerida ketayapman, tormoz tizimining boshqaruvi yo’qolgan. Poezdni to’xtatish choralarini ko’rishingizni so’rayman; (ushbu chaqiruv poezd radioaloqasi bo’yicha 12-15 sekund davom etishi lozim va shundan keyin poezd dispetcheri yoki stansiya navbatchilaridan javob kelmaguncha qaytarilishi lozim);
j) poezd lokomotividagi tormoz magistralidagi bosimning pasayib ketishi sababli poezd peregonda to’xtab qolsamashinist poezd radioaloqasi bo’yicha KV (2.130 MGts)diapazonida quyidagi shaklda xabar jo’natadi:
”Diqqat barchaga! Men 2007 poezd mashinisti YAkubov . tormoz magistralidagi boimning tushib ketganligi sababli “Xamza - Salar” peregonining toq yo’li 20 kilometrida to’xtab qoldim, gabaritlarning buzilganligi to’g’risida ma’lumotga ega emasman. Extiyot bo’linglar!”;
z) harakat tarkibining temir yo’l izlaridan chiqib ketishi sababli to’xtab qolishida, mashinist poezd radioaloqasi yordamida KV (2.130 MGts) diapazonida quyidagi shakldagi xabarni jo’natishi lozim:
“Diqqat barchaga! Men 2007 raqamli poezd mashinisti Yakubov. “Xamza-Salar” peregonining toq yo’li 20 kilometrida harakat tarkibining izidan chiqib ketishi oqibatida gabaritlar buzilgan. Extiyot bo’linglar!”;
i) j xamda z punktlarda keltirilgan xolatlardagi xabarlar, peregondagi poezdlar mashinistlari, poezd dispetcheri va peregonni chegaralab turuvchi stansiya navbatchilari tomonidan xabar olinganligini tasdiqlanilmaguniga qadar qaytarilishi lozim;
k) yo’lning yuqori qismida begona predmetlarni , temir yo’l transporti qurilma va inshootlaridagi zararlanishlarni xamda temir yo’l qurilmalari yaqinida begona shaxslarni ko’rgan mashinist yoki uning yordamchisi poezd radioaloqasi orqali poezd dispetcheri yoki stansiya navbatchisiga xabar jo’natishlari lozim;
l) stansiya navbatchisi, poezd dispetcherining mashinistlar bilan tezyurar poezdlarni stansiyaga qabul qilish, jo’natish va to’xtatmasdan o’tkazib yuborish bo’yicha muloqotlar tartibi quyidagi 3 jadvalda keltirilgan.
|
| |