II BOB. Ayollar yubkasining asos chizmasini konstruksiyalash 2.1.Ayollar yubkasining maketlarini tayyorlash va texnologik xarita tayyorlash texnologiyasi




Download 5,22 Mb.
bet5/7
Sana22.12.2023
Hajmi5,22 Mb.
#126769
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Daminova Sevara ayollar yubkasi asos chizmasi

II BOB. Ayollar yubkasining asos chizmasini konstruksiyalash
2.1.Ayollar yubkasining maketlarini tayyorlash va texnologik xarita tayyorlash texnologiyasi.

Boshqa kiyimlar kabi yubkaning ham uzunligi va o’lchami gavdagamos kelishi shart Shuning uchun gavdani to’g’ri qo’yib, quyidagio’lchovlar olinadi va ularning olinish qoidalari keltirilgannhamda o’lchov qiymatlari berilgan. Kiyimning to’kisligi uchunqo’shiladigan haq kiyimning fasoniga bog’liq bo’lib, u qo’shimcha deyiladiva “Q” bilan belgilanadi. Yubkada bel va bo’ksa chizig’ida qo’shimchalarqo’shiladi. To’g’ri bichimli yubka ikki qismdan iborat – old va orqa yarim bo’lagi. Yubkaning kengligi bo’ksaning aylanasi bo’yicha olinadi. Beldagi kengqismni burmaga yoki vitochkaga olinadi. Vitochka yubkaning orqa va oldbo’laklariga, yon qismiga ikkitadan qo’yiladi. Vitochkaning uzunligi vakengligi bir xil yemas, uni gavdaning tuzilishiga qarab olinadi. O’smir qizlarga mo’ljallangan yubka modellari.
Yubka chizmasini chizish. Yubka yeskizini chizish va modellashtirishTo’g’ri bichimli yubka chizmasini chizish gavdadan olingan o’lchovlarva qo’shimchalar asosida amalga oshiriladi. Buning uchun hisoblash jadvali tuzib chiqiladi va shu asosda yubka chizmasi chiziladi. 6 bo’lakliyubkaning hisoblash formulalarida berilgan.
Yubka chizmasini chizish. Yubka yeskizlarinichizish va modellashtirish.To’g’ri bichimli yubka chizmasi (13-rasm). Qog’ozning chap tomonburchagiga Bl nuqta qo’yilib, undan pastga vertikal chiziq o’tkaziladi. Buchiziq bo’ylab yubka uzunligi 55 sm qo’yiladi va Ye nuqta bilan belgilanadi. Shuningdek, bu vertikal chiziqda bo’ksa chizig’igacha bo’lgan oraliqblbkq 17 sm qo’yiladi. Bl, Bk, Ye nuqtalaridan gorizontallar o’tkaziladi. Bo’ksa chizig’i orqali yubka kengligi belgilanadi, ya’ni Bkbk1q 44 sm. bk1nuqtasidan vertikal o’tkaziladi va Bl1, Ye1, Bk1 nuqtalar belgilanadi. So’ngraold va orqa bo’lak kengliklari aniqlanadi, ya’ni yon chokining o’rni chizibolinadi. Bkbk2q 21 sm. bk2 nuqtadan yuqoriga va pastga vertikal o’tkaziladi173vertikalning bel va yetak chiziqlari bilan kesishgan nuqtalari Bl2, Ye2 bilanbelgilanadi. Orqa bo’lak vitochkasining o’rnini aniqlash uchun orqa bo’lakkengligini 0,4 koeffitsientga, old bo’lak vitochkasining o’rnini aniqlashuchun yesa old bo’lak kengligini 0,4 koeffitsientga ko’paytiramiz. Orqabo’lakda Bkbk3q 8,4 sm va old bo’lakda Bk1bk4q 9,2 sm vitochka o’rinlaribelgilanib, Bk3 va Bk4 nuqtalardan yuqoriga vertikal o’tkaziladi va belchizig’i bilan kesishgan joyga Bl3 va Bl4 nuqtalar qo’yiladi. So’ngra vitochkalarning umumiy qiymati topiladi.
Buning uchun bo’ksaaylanasining yarmiga bo’ksa qo’shimchasi qo’shilib, undan bel aylanasining yarmiga qo’shilgan bel qo’shimchasi ayriladi va vitochkaning36-rasm. To’g’ri bichimli yubka chizmasi174umumiy qiymati 11 sm topiladi. Bumiqdor yubkaning uchta joyiga, ya’niyon chokka, old va orqa bo’laklargataqsimlanadi. U quyidagicha bo’ladi: a) Bl5bl6 q 0,5 x summa V q 0,5 x 11 q5,5 sm (yon tomon vitochkasi); b) bl7bl8 q 0,3 x summa V q 0,3 x 13,3 sm (orqa bo’lak vitochkasi); d) bl9bl10 q 0,2 x summa V q 0,2 x 11 q2,2 sm (old bo’lak vitochkasi Bu qiymatlarning yarmini vitochkalarning o’rta chizig’idan bir tomonga, qolgan yarmini ikkinchi tomongao’lchab qo’yiladi. Beldagi nuqtalarorqa bo’lak va old bo’lak vitochkalarining pastki uchlari bilan to’g’richiziqlar orqali birlashtiriladi.
Yonchiziqda bel chizig’ining ko’tarilishi0,5–1 sm ga teng. Bl51 nuqta Bl nuqtabilan, Bl61 nuqta Bl1 nuqtalar bilan birlashtiriladi, bel vitochkalari shu chiziqqacha davom yettiriladi. Yon chiziqxuddi 36-rasmda ko’rsatilganidek yegri chiziq bilan tutashtiriladi. Olti bo’lakli yubkani loyihalash (37-rasm). Bu yubka chizmasinichizish uchun qog’ozning yuqori o’rta qismida Bl nuqta belgilanadi. Undanpastga vertikal chiziq o’tkaziladi va yubka uzunligi qiymati qo’yilib, Yenuqta topiladi. Shuningdek, bu vertikal chiziqda bo’ksa chizig’igachabo’lgan oraliq Blbkq 17 sm qo’yiladi. Bl, Bk, Ye nuqtalaridan gorizontallaro’tkaziladi. Yubkaning beldagi kengligi topiladi va bu qiymat o’rtachiziqdan ikki tomonga 5,5 sm dan taqsimlanadi.
Bo’ksadagi kenglik hamshu tariqa topiladi, uning qiymati 7,1 sm ga teng. Bel chizig’ining tushishi0,3 ÷ 0,5 sm ga teng bo’lgan qiymatda olinadi. Bl1, Bl3, Bl2 nuqtalar ravonegri chiziq bilan tutashtiriladi. Bl1, Bk1 nuqtalar va Bl2, Bk2 nuqtalar chizg’ichyordamida tutashtiriladi va yetak gorizontal chizig’i bilan kesishguncha.. 13-rasm davom ettiriladi. Mos ravishda Ye1, Ye2 nuqtalar bilanbelgilanadi. Bl1e3 q bl2e4 yon tomon uzunliklarinitopish uchun Bl3Ye o’rta chiziqni chizmadan o’lchabolinadi. Ye3, Ye, Ye4 ravon yegri chiziq bilan tutashtiriladi. Moda yaratish kiyimning asosiy andazasiningchizmasiga yangi model chiziqlarini kiritishbilan bajariladi. Tanlangan fason bo’yicha asosiychizmadagi biror chiziqning o’zgartirilishi yokiqo’shilishi va ba’zi shakllarning yangilanishi modellashtirish deyiladi. Ikki chokli to’g’ri bichimli yubkalarni modellashtirish Koketkada ro’para taxlamali yubkani modellashtirish. Buning uchun old bo’lak o’rta chizig’idan chap tomonga 8 smda nuqta qo’yilib, undan yuqoriga va pastga vertikal chiziq o’tkaziladi.
O’rta chiziq bilan bo’ksa chizig’ining kesishgan nuqtasidan yuqoriga3–5 sm qiymat qo’yiladi va chap tomonga bo’ksa chizig’iga parallel chiziqo’tkaziladi va avvalgi vertikal chiziq bilan kesishguncha davom yettiriladi. Bu kesishgan nuqtagabel vitochkasining uchi ko’chiriladi hamda belchizig’iga vitochkaning beldagi kengligi qiymati39-a rasmdagidek qo’yiladi. Yon qirqimda beldanbo’ksagacha bo’lgan oraliq ikkiga bo’linib, vitochkaning yangi holatidagi uchi bilan birozoval shaklida birlashtiriladi. Detallarni raqamlabchiqiladi va bo’y ipini belgilab olinadi. Yubka koketka va vertikal chizig’i bo’ylabqirqilib (39-rasm, a), vitochka yopiladi. Vertikalchiziq bo’ylab ro’para taxlama miqdori 20–24 smqo’yiladi. Yon chok bo’yicha yubkani yetak qismida
5–7 sm ga kengaytiriladi. Ro’para taxlama chuqurligini yubkaning yetak qismida 1 sm ga kamaytiriladi. Detallar atrofidan chok haqlari, gazlamaning bo’y iplari qo’yiladi hamda detallarraqami bir karra tekshiriladi. Etagiga biroz kengaygan yubkani modellashtirish. Yetagiga biroz kengaygan yubka (yo’l-yo’l gulli gazlama)ni modellashtirish.Etak qismining kengayishi bir xilda bo’lishiuchun yubka chizmasida bel qismini old o’rta chiziqda 1 sm ga qisqartiriladiva yon tomonda yesa 1 sm ga kengaytiriladi. Shuningdek, bel vitochkalariqiymatini bir xilga keltirish kerak, ya’ni 3,3 + 2,2 q 5,5 sm ni ikkigabo’lib, old va orqa bo’lakdagi vitochkalar qiymatini 2,7 sm ga keltiriladi. Bunda old bo’lakda bel vitochkasi biroz kengaytiriladi, orqa bo’lakda yesatoraytiriladi. So’ngra yetak qismidan vitochka uchlari tomon qirqiladi. Vitochkalar yopiladi va yubkaning yetak qismi ochilib, yubka yetak qismigakengayadi. Yubkani yon tomonidan ham 3–5 sm ga kengaytirish mumkin. Yo’l-yo’l gulli gazlamadan bichilayotganligi uchun yangi andazada nazoratchizig’ini o’tkazishni unutmaslik kerak.
Yubka detallarining asosiy o’lchamlari dastlabki hisoblarga va o’lchamlarga mosligi, yubka uzunligi, kengligi, orqa va old bo’laklar kengligi, bo’laklarda vitochkalargacha bo’lgan masofalar hamda bo’ksa chizig’ioraliqlari, shuningdek, detallar qirqimlarining tutashganligi hamda birbiriga to’g’ri kelishligi tekshiriladi. Asos chizmasi tekshirib bo’lingach, istalgan model yeskizi asosidayubkalar modellashtiriladi. Yangi mode landazalari hosil qilinib,andazanibichishga tayyorlanadi. Mana shu ishni bajarish tartibi: 1. Kiyimning nomini andazaga yozib qo’yish. 2. Andazaning necha qismdan iboratligi va uning o’lchamini yozish. Andazada bo’ylama ipning yo’nalishini va kertimlar o’rnini ko’rsatish. 4. Andazada gazlamaning buklov joyini ko’rsatish va qoldiriladiganchok haqlarini yozib qo’yish yoki chizmaga birato’la qo’shib ketish. Gazlama ustiga andazani joylashtirish. Yubkani bichishYubka, asosan, turli gazlamalardantikiladi. Gazlama tanlash yubkaning qachon kiyilishiga bog’liq.
Gazlamani bichishga tayyorlash va bichishGazlamaning o’ngi va teskarisi, bo’ylama va ko’ndalang iplari aniqlanadi. Gazlamaning nuqsonlari belgilab qo’yiladi. Andazani gazlamaga joylashtirishda uning gullari yo’nalishiga va gazlamaning tukiga ahamiyat berish kerak. Agar gazlama tukli bo’lsa, andaza bir tomonga qaratibjoylashtiriladi. Gazlamaning tuki pastdan yuqoriga qaratib bichiladi. Gazlamaning gullari bir tomonga yo’nalgan bo’lsa, andazani hammaqismlarini bir tomonga qaratib joylashtiriladi. Belbog’ qismi yesa bo’y ipyo’nalishiga ko’ndalang joylashtiriladi.
Bir xil parallel qismlari ham birtomonga yo’naltirib joylashtiriladi.Gazlama yirik katak va yo’l-yo’l gulli bo’lsa, unga andazani qo’ygandayo’llari va kataklari bir-biriga mos tushishi shart. Agar gazlama yo’llibo’lsa, andazani bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga moslab qo’yiladi. Aqilib bichishda hamma chekkalari ustma-ust qo’yiladi. Bunday gazlamalarniyana burchak ostida qiya qilib ham joylashtirish mumkin. Choklari bir-biriga tikilganda chiziqlari va kataklari bir-biriga mos kelishi shart (45-rasm). Bunda 46-rasmda keltirilgan yubka modelini bichish ko’rsatilgan.. Yubkani bichish. Ish bajarish tartibi: 1. Gazlamadan bo’ylama ipi bo’yicha belbog’ uchun yeni 7 sm, uzunligilA+5q64+5q69 sm bichib olinadi, agar gazlama uzunasiga, ya’ni belbog’ning uzunligiga yetmasa, shunday kenglikda yana qo’shimcha belbog’bichib olinadi.
Modellash - bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining konstruktsiyasini ishlab chikaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Turli shakl va bichimdagi modalar konstruktsiyasini tuzmokchi bulgan asosiy konstruktsiya bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy modellash yoki, odatda aytilishiga binoan, texnik modellash deb ataladi. Texnik modellash konstruktsiya asosini yangi model konstruktsiyasiga aylantirish.Yubkaning yuqori qirqimiga ishlov berish. Yubkaning yuqori qirqimiga modelga qarab ulama belbog’ bilan yoki korsaj lenta bilan ishlov berish mumkin.
Yubkaning yuqori ziyi teskarisiga yon choklaridan 2 sm oraliqda tayyor holda 0,5 sm kenglikda va 7,0 sm uzunlikda ikkita ilgich puxtalab qo’yilishi kerak. Yuqori qirqimga ishlov berishdan oldin yubkaning tikilish sifati, bel chizig’ining shakli tekshiriladi va yuqori qirqimi bo’ylab o’lchab ko’riladi. Yubka gavdada bemalol turishi uchun, yuqori qirqim uzunligi bel yarim aylanasi o’lchovidan 0,5-1,0 sm ortiqroq bo’lishi kerak.
Yubkaning ulama belbog’i modelga qarab har xil kenglikda bo’ladi. belbog’ oskti belbog’ bilan yaxlit bichilgan yoki alohida bichilib, bukish chizig’i bo’ylab chok solib tikilgan bo’lishi mumkin. Belbog’ uchlari odatdabir-birining ustiga 3,0-4,0 sm chiqib, qirqma izma bilan tugmalanadigan yoki temir ilgakli bo’lishi mumkin. Belbog’larga bir qavat (faqat ustki belbog’ qismiga) yoki ikki qavat (ustki va ostki belbog’larga yaxlit) qilib yelimli qotirma material qo’yiladi. Har ikkala holda ham belbog’ning bukish chizig’idan 0,1-0,2 sm masofada ostki belbog’ tomondan bukish chizig’iga parallel baxyaqator yuritiladi.
Belbog’ uchlari ag’darma chok bilan tikiladi, buning uchun o’ng tomonldari bir-biriga qaratib bukiladi va 0,5-0,7 sm chok haqi bilan tikiladi. Chap tomondagi uchi faqat yon tomonidan tikiladi, o’ng tomondagi uchi esa yon tomondan 0,5-0,7 sm va pastki qirqimlari tomondan 1,0 sm chok haqi bilan 3,0-4,0 sm (o’tim haqi) tikiladi va chok oxiri puxtalanadi. Chokka 0,1-0,2 sm yetkazmasdan kertim beriladi.Ostki belbog’ tomondagi qirqim maxsus mashinada yo’rmaladi. Belbog’ning o’ngini yubka o’ngiga qaratib, yuqori qirqimlariga to’g’rilab qo’yiladi va 0,7-1,0 sm chok haqi bilan tikiladi. Bukish chizig’i bo’lab bukib, belbog’ to’g’rilanadi, chok haqini yuqori tomonga qaratib, ostki belbog’ ko’klanadi va yubkaning o’ng tomonidan belbog’ ulangan chokning yonidan baxyaqator yuritib puxtalanadi. Shu bilan birga yubka teskari tomonidan yon choklari ustiga ikkita ilgichni uchlarini belbog’ ostiga kiritib tikib ketiladi. Belbog’ yubka teskari tomonidan, namlangan dazmolmato qo’yib dazmollanadi. Bu usul asosan kiyimlarni yakka tartibda tikishda qo’llaniladi.
Ulama belbog’ni tikishda ostki belbog’ning qirqimi yo’rmalamasdan ichki tomoniga bukib puxtalash ham mumkin, bunda ostki belbog’ning bukilgan ziyi belbog’ ulangan chokni 0,2-0,3 sm ga yopib turishi kerak (14-rasm, a).Yubkaning ulama belbog’ini boshqa usul bilan ham tikish mumkin. Bunda belbog’ ostki belbog’ bilan yaxlit bichilib, to’laligicha yelimli qotirma material yopishtirilgan bo’ladi.
Belbog’ning bukish chizig’idan 0,1-0,2 sm oraliqda oskti belbog’ tomondan bukish chizig’iga parallel ravishda baxyaqator yuritib, qotirma material qo’shimcha puxtalanadi. Belbog’ning o’ngi yubka tesarisiga qaratib qo’yiladi. Pastki taqilmasi ziyidan boshlab ustki taqilma ziyigacha 0,7-1,0 sm chok bilan tikib ulanadi. Shu bilan bir vaqtda ikkinchi ilgak ham tikib ketiladi. Belbog’ yubkaning o’ngi tomonga, uning qirqimi ulangan chokdan 1,0 sm oshirib bukiladi va belbog’ uchlari 0,5 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Burchaklarida 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirilib, undan ortiqchasi qirqib tashlanadi. Belbog’ burchaklari o’ngiga ag’darilib, to’g’rilanadi. Belbog’ ikkinchi qirqimi 0,7 sm bukiladi va belbog’ ulangan chokdan 0,2 sm pastroq tushirilib, shu bukilgan ziyidan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Ayni vaqtda belbog’, uning yuqori va yon chetlari bo’ylab ulardan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Belbog’ning ostki tomoniga temir ilgaklar tikiladi. Ostki taqilma tarafdan belbog’ ustiga ipdan izmalar tikiladi.





Operatsiya tavsifi



Rasm



Ishlatilgan uskunalar



1

Inson gavdasiga va xoxishiga qarab fason tanlanadi





Oq qog’oz, qalam

2

Yubka chizmasini chizib olamiz





Oq qog’oz, qalam

3

Chizmaga fason chizigʻini kiritamiz





Oq qog’oz, qalam

4

Fason chiziqlari kiritib olingan andozamizni modellab olamiz





qaychi,chizish uchun boʻr

5

Yubkani old qismini matoni buklov qismiga qoʻyib bichamiz



qaychi,chizish uchun boʻr

6

Yubkani orqa qismi matoni buklovga qoʻyib bichib olamiz



mato,qaychi,sm lenta ,chizish uchun boʻr

7

Etak qismlarini ham kesib olamiz





qaychi

8

Yubkamiz tayyor bo’lgan ko’rinishda






Yubka yuqori qismini korsaj lenta bilan ishlanganda, korsaj lentani yubkaga ulashdan avval dekatirovka qilinadi, ya’ni ho’llab va dazmollab olinadi. Bel aylanasi o’lchamiga binoan klrsaj lentaning uzunligi aniqlab olinadi, bunda har ikki uchiga 1,0 sm dan bukish haqi qo’shiladi. Korsaj tasma uchlaridan bukish haqi mashinada tikiladi. Korsaj lentani yubka yuqori qirqimi ustiga , o’ngiga teskarisini qaratib qo’yiladi, 1,0-1,2 sm qirqimni yopib, qo’yma chok bilan tikiladi, korsaj lenta ziyidan chok haqi 0,2 sm. teskari tomondan yubka qirqimi korsaj lentaga iroqisimon yashirin choklar bilan tikib chiqiladi.


Keyin korsaj lentani yubka teskari tomoniga bukiladi, bunda yubka qismidan 0,1-0,2 sm kant hosil qilinishi kerak (81-rasm, b). Model bo’yicha ko’zda tutilgan bo’lsa, yubkaning yuqori ziyidan baxyaqator yuritilish mumkin. Korsaj lentaning pastki chetini yubkaning chok haqlari va vitachkalariga qo’lda chatib puxtalab chiqiladi.
Korsaj lentani yubkaga ikki bukib tikish ham mumkin. Buning uchun ham avval korsaj lentani dekatirovka qilib olinadi.
Korsaj lenta uchlari 1,0 sm bukiladi, keyin uzunasiga bir tomoni ikkinchisiga nisbatan 0,3-0,4 sm kengroq qilib ubkib dazmollanadi, dazmollanayotgan bukilgan tomoni cho’ziladi. Lentaning ikki uchidagi bukilgan ziyidan 0,2-0,3 sm oraliqda baxyaqator yuritiladi. Korsaj lentaning keng tomonini yubka teskarisiga to’g’rilab, yubkaning yuqori qirqimini korsaj tasma orasiga kiritiladi, ko’klab chiqiladi. Lentani tor tomonidan 0,2 sm oraliqda baxyaqator yuritib yubka bostirib tikiladi. Korsaj lentani yubkaga bostirib tikish paytida ikkala ilgich uchlari yon choklarda puxtalab ketiladi. Korsaj lentani yubkaning yuqori qirqimi bo’ylab tesakri tomoniga bukiladi va korsaj lenta tomondan namlangan dazmolmato qo’yib dazmollanadi, yuqori chetida bezak baxyaqator mo’ljallangan bo’lsa, uni o’ng tomondan yuritiladi.



Download 5,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 5,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. Ayollar yubkasining asos chizmasini konstruksiyalash 2.1.Ayollar yubkasining maketlarini tayyorlash va texnologik xarita tayyorlash texnologiyasi

Download 5,22 Mb.