|
© Guliston dаvlаt univеrsitеti, 2023
|
bet | 2/17 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 11,64 Mb. | | #245507 |
Bog'liq 14-Laboratoriya ishi© Guliston dаvlаt univеrsitеti, 2023
SO‘Z BOSHI
Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani har bir soha bilan uzviy bog’lanib, unga bo’lgan ehtiyoj tobora o’shib borayotganligi aniq.
Texnik tizimlarda kompyuter va telekommunikatsiya vositalarining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib olish va inson miyasida qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo’qotilib xotirada saqlanadi.
Texnik tizimlarda sohalar bo’yicha axborotni tuzish insonning ko’rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo’lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining o’qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o’zlashtirgan holda o’z mutaxassisligi bo’yicha yechiladigan masalalargaqaratilgan bo’lib, ularni amaliyotga tadbiq qilish ko’nikmasini shakillantirishdan iborat.
Fanni o'qitishdan maqsad — Talabalarni zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari fani va uning mazmuni bilan yaqindan tanishtirish, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, ularning imkoniyatlaridan “Muqobil energiya manbalari” (quyosh va shamol energetikasi), 61020200 –Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha) sohalaridagi o’rni bo’yicha tushuntirish, talabalarda mazkur fanning quyosh va shamol energetikasi va tarmoqlari bo’yicha o'zining fikr mulohaza, xulosalarini asosli tarzda bayon etishga o'rgatish, hamda axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minotlaridan, internet texnologiyala-ridan, elektronika va asbobsozlik, muqobil ener-giya manbalari sohalarida foydalanish bo’yicha talabalarda ko'nikma va malakalarini shakllan-tirishdan iborat.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Elektronika va asbobsozlik, muqobil energiya manbalari sohalarini anglashda axborot texnologiyalarning o'rnini tahlil etish, fanning asosiy yo'nalishlariga oid innovatsion yondashuvlarni tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda fanning o'rnini tushuntirish, talabalarga texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga oid elektron manbalardan, internet imkoniyatlardan foydalanish, elektronika va asbobsozlik, muqobil energiya manbalari taqdiqotlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni o'rgatishdan iborat
|
| |