|
LABORATORIYA ISHLARINI O‘TKAZISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA
|
bet | 3/17 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 11,64 Mb. | | #245507 |
Bog'liq 14-Laboratoriya ishiLABORATORIYA ISHLARINI O‘TKAZISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA QISQACHA QOIDALAR
Hurmatli talabalar‘ “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasiga ta’luqli fanlar professor-o‘qituvchilar tomonidan kompyuter sinflarida olib boriladi. Shu nuqtai nazardan fanlardan bajariladigan barcha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bevosita kompyuterlar yordamidabajarilib boriladi.
Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamida ishlaydi. Elektr toki esa juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishni talab etadi.
Kompyuter sinflaridagi qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish yong‘in chiqishi, baxtsiz hodisalar ro‘y berishi va buning natijasida inson salomatligiga zarar yetishi hamda kompyuter jihozlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz talab etiladi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
1. O’qituvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan kompyuterlarni ishga tushirish;
2. Kompyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib o‘tirish;
3. Elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegish;
4. O‘zboshimchalik bilan kompyuterda sozlash ishlarini olib borish;
5.Kompyuter ekraniga qo‘l bilan tegish, ishlab turgan kompyuterlarda tozalash ishlarini olib borish;
6. Uzoq vaqt davomida ishlab turgan kompyuterlarni nazoratsiz qoldirish;
7. Kompyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish;
8. Kompyuter yonida ovqatlanish, suv ichish;
9. Tez alangalanuvchi buyumlar va qurilmalarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish;
10. Klaviatura va kompyuter sich qonchasini ho‘l qo‘llar bilan boshqarish;
|
| |