• SXEMALARNI YIG’ISH VA ISH BO‘YICHA HISOBOT TUZISH TARTIBLARI
  • Laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak




    Download 279 Kb.
    bet2/5
    Sana26.09.2022
    Hajmi279 Kb.
    #26384
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-Laboratoriya ishi
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
    Laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

    1.Talabalarning laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tkazish vaqtida xonada o‘qituvchi yoki laborantning bo‘lishi shart.


    2.Laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tkazishda talabalarga quyidagilar man qilinadi:
    a) asbob yoki uskunalarning tokli qismiga tegish;
    b)o‘qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz yig’ilgan sxemani elektr tarmog’iga ulash;
    v) bosh tarmoqdagi kommutatsiya apparatlarini ulash yoki uzish.
    3.Biror sababga ko‘ra elektr ta’minoti to‘xtaganda sxemani elektr tarmog’idan ajratish va bundan o‘qituvchini xabardor qilish zarur.
    4.Laboratoriya ishining mazmuni va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi o‘rgangan talabalar uni bajarish huquqiga ega bo‘ladi.
    Baxtsiz hodisa yoki yong’in sodir bo‘lsa barcha talabalar o‘qituvchi yoki laboratoriya boshlig’i ko‘rsatmalarini bajarishi shart.
    6.Voltmetr, ampermetr, vattmetr va shu kabi boshqa o‘lchash asboblarini tanlashda ularning millari asbob bo‘linmalarining o‘rtalarida bo‘lishi hisobga olinishi lozim.
    7.Reostat va rezistorlarni tanlashda qarshilik va ruxsat etilgan tok qiymatlari hisobga olinadi.
    8.har bir laboratoriya ishining tajribasini o‘tkazishda 3 - 4 talabalardan iborat kichik guruhlar tuziladi.


    SXEMALARNI YIG’ISH VA ISH BO‘YICHA HISOBOT TUZISH
    TARTIBLARI

    1.Sxemani yig’ishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avval ampermetr, vattmetrlarning tok chulg’ami va iste’molchidan iborat ketma – ket tok zanjiri, so‘ngra voltmetr va vattmetrning kuchlanish chulg’amidan iborat parallel kuchlanish zanjirlari yig’iladi. Bunda reostat surgichlari va ko‘p o‘lchamli asboblarning to‘g’ri holatiga ahamiyat berish lozim.


    2.Sxema elektr tarmog’iga ulangach, avvalo ampermetr millarining normal og’ishlariga e’tibor beriladi va anormal og’ishlarida sxema darhol elektr tarmog’idan ajratiladi.
    3.Sxema elektr tarmog’iga ulangach, undan tok o‘tmasa, avvalo kontaktlarning ulanishi tekshiriladi, so‘ngra nazorat asbobi bilan elektr tarmog’idagi va zanjirning tegishli qismalaridagi kuchlanishlar ketma – ket o‘lchanadi.
    4.Ish tugagach sxemani elektr tarmog’idan va uning elementlarini bir – biridan ajratish uchun o‘qituvchi ruxsati kerak.
    5.Laboratoriya ishlari bo‘yicha hisobot alohida daftarda bajariladi. Bunda asbob millari ko‘rsatgan bo‘linmalar sonidan tegishli kattaliklar qiymati hisoblanadi.
    6.Elektr sxema, vektorlar tasviri qalam bilan tegishli chizma asboblarida chiziladi.
    7.Elektr mashinalari va transformatorlarning xarakteristikalari hamda vektorlar tasviri masshtablarda chiziladi.

    Download 279 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 279 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak

    Download 279 Kb.