kirishiladi. Bunda asosiy e ’tiborni kirish param etrlarini barqarorlashtirishga
qaratish zarur, chunki ularning o ‘zgarishi bilan obyektga kuchli g ‘ala-
yonlanishlar kiradi.
Odatda, barcha g‘alayonlanuvchi ta ’sirlarni
obyektga kirgunga qadar
yo‘qotib b o ‘lmaydi. Ichki g‘alayonlanishlarni esa amalda oldindan bilish va
yo‘qotish m um kin emas. Bundan tashqari, ko ‘pgina
kirish va chiqish
param etrlari oldingi yoki kelgusi jarayonning texnologik rejimi bilan
belgilanadi. M asalan, kontakt apparatga keladigan kuydiradigan gazdagi
(N 2S 0 4 ishlab chiqarish) kislorod konsentratsiyasi kuydirish (pishirish)
jarayonining
texnologik rejimiga bogiiq; absorbsion kolonnaga uzatilayotgan
degidratsiyalangan gazning (sintetik kauchuk ishlab chiqarish) tarkibi
degidratsiyalash jarayonining kechishiga bog‘liq.
Barcha m um kin bo ‘lgan g‘alayonlanishlar
bartaraf qilinishi m um kin
b o ‘lmagani uchun ular rejim param etrlarining o ‘zgarishiga, keyin esa
boshqarish mezonining o ‘zgarishiga ham olib keladi. Rejimli param etrlarni
rostlash zarurati paydo bo ‘ladi. Bunda yana obyektning
statik va dinamik
tavsiflariga murojaat qilish zarur bo ‘ladi.
Pirovardida, kimyoviy texnologiyaning TBO ni avtomatlashtirishda,
odatda, boshqarish mezonini, rejimli va kirish
param etrlarini rostlovchi
kombinatsiyalashgan (aralash) BS ning yaratilishiga kelinadi.
Shuni ta ’kidlab o ‘tamizki, parametrlarning o ‘zaro bog‘liqligi tufayli, bir
param etrni rostlash (sozlash) uchun qaratilgan rostlovchi ta ’sirlar bosh-
qalariga ham ta ’sir ko‘rsatadi. Masalan, retifikatsion kolonnaning qaynat-
kichiga haroratni rostlagich tom onidan uzatiladigan bug4 m iqdorining
o ‘zgarishi faqat kubdagi haroratning o ‘zgarishigagina emas,
balki undagi
sathga ham ta ’sir qiladi.
Ayrim param etrlar orasidagi ichki bog‘lanishlarni susaytirish usullari
ham mavjud rostlanuvchi kattaliklar sifatida o ‘zaro bog4lanm agan (yoki
kuchsiz bog‘langan) param etrlarni tanlash; rostlash zanjiriga (rostlagichlar
orasiga) kompensatsiyalovchi tashqi bog4lanishlarni kiritish.