21.9- rasm.
Rostlovchi organning elektr yuritmasini boshqarish
prinsipial elektr sxemasi.
yurgizib yuborgichni ulovchi SB3 tugmachani bosish lozim. N atijada kuch
zanjiri fazalari ulanadi va elektr dvigatel teskari yo‘nalishda aylana boshlaydi.
Uzuvchi KM1 va KM2 blok-kontaktlarning foydalanishi reversiv magnitli
yurgizib yuborgichning ikkala chulg‘amini bir
vaqtda ulanish imkoniyatini
yo‘qotadi. Elektr dvigatelni tarm oq m anbaidan uzish u c h u n avtom atik
QF uzgich qurilmasi ko‘zda tutilgan bo ‘lib, u elektr dvigatelni ortiqcha
yuklanishlardan va qisqa tutashuvdan himoya qiladi. Boshqarish zanjirida
fazalararo kuchlanish foydalanilgan.
TJ avtomatlashtirishda elektr yuritkichli to ‘sqich
va rostlovchi quril-
m alar (shiberlar, klapanlar, ventillar va boshqalar) dan foydalaniladi,
ular uchun PES lar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida qo ‘lda
b o sh q arish ishlab ch iq arish xonasidan ham (m ah alliy ), d isp etch er
punktidan ham (masofadan turib boshqarish) nazarda tutilishi kerak. 21.9-
rasmda rostlovchi organning elektr yuritmasini
ikki joydan boshqarish
sxemasi tasvirlangan. Boshqarish rejimi SA ni tanlash kalitining vaziyatini
mahalliy (M ) va masofadan turib (D) boshqarish variantlari belgilaydi.
Kalitning neytral holati N harfi bilan belgilangan. Boshqarish rejimini
tanlash boshqarish punktidan amalga oshiriladi.
E lektr yuritkichni ishga tushirishda ulash m ahalliy rejim da SB3
tugm acha bilan, masofadan turib boshqarish rejimida SB4 tugm acha bilan
amalga oshiriladi. KM T magnitli yurgizib yuborgich
ulovchi kontaktlari
bilan ishga tushirish tugmachalarini to ‘sadi va elektr dvigatelni ulaydi,
uzuvchi k o n ta k t, bilan esa KM 2 yurgizib yuborgich zanjirini uzadi.