Ikkinchi holda (21.10- rasm,
b)
kontaktor
К
chulg‘amiga parallel
ulangan HL1 lam padan tashqari, kontaktorning uzuvchi blok-kontakti
bilan ulangan va elektr dvigatelning uzilganini signalizatsiyalovchi HL2
lam pa ham bor. Bunda istalgan lampaning kuyishi noto‘g ‘ri signal berishga
olib kelmaydi.
21.10-rasm,
d
da keltirilgan HL1 va HL2 signalizatsiya lampalarining
ulash chizm asi kontaktor
К
bitta ulanuvchi va bitta uzuvchi blok
kontaktlaridan tashkil topgan. Agar blok-kontaktlar yetmasa, u holda
signalizatsiya lampalarini ulash uchun kontaktorning blok-kontaktlarini
k o ‘paytiruvchi oraliq relening kontaktlaridan foydalanish mum kin.
Signalizatsiya lampasi HL1 ni kontaktor chulg‘amiga parallel ulashga
qaraganda ulanuvchi blok-kontakt bilan ulash afzalroqdir, chunki bunda
boshqarish va signalizatsiya zanjirlarini ajratishga im kon yaratiladi hamda
kontaktor ishiga HL1 lam pa zanjiridagi buzilishlarning ta ’siri b o ‘lmaydi.
TJ larni avtom atlashtirishda TBO ning holati haqida xizm atchi
xodim larni xabardor qilib turuvchi signallash qurilm alariga m uhim
aham iyat beriladi. Misol tariqasida, m asofadan turib yoki avtom atik
boshqarishda foydalaniladigan (21.11-rasmga qarang) yorug'likli va tovushli
texnologik signallar sxemasini qarab chiqamiz. Masalan, harorat chegara
qiymatiga yetganda ishlab ketadigan texnologik kontaktlarning istagani (R l,
R2 yoki R3) ulanganda tegishli rele ulanadi. Rele o ‘zining uzib-ulovchi
kontaktlari bilan signal lampasini lampalarni sinab ko‘rish shinasidan (1)