Texnologik uzelning tavsifi
Qarshi oqimli issiqlik almashtirgichda bir oqimning (mahsulotning)
isishi jarayoni ikkinchisining (issiqlik eltgichning) sovushi hisobiga model-
lashtiriladi. Isitilayotgan mahsulot sifatida sovuq suv,
issiqlik eltgich sifatida
esa issiq suvdan foydalaniladi.
Texnologik uzelning sxemasi 22.4-rasmda keltirilgan.
G ‘ilof quvurli issiqlik almashtirgich quvurlar dastasi va quvurni o ‘rab
turgan qobiqdan iborat. Suyuqliklar issiqlik almashtirgichning bu ikki qismi
b o ‘ylab o ‘tib, quvurlarning sirti orqali o ‘zaro issiqlik almashinadilar.
M ahsulot nasos yordam ida T - l issiqlik alm ashtirgich quvurlariga,
issiqlik
eltgich esa, boshqa nasos bilan uning korpusiga uzatiladi. Issiqlik
eltgich T -l ga oqib kiradi va quvur dastasida m ahsulot oqimiga qaram a-
qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Oqimlarning qaram a-qarshi yo‘nalishi issiqlik
almashinuvining yanada
yuqori tezlikda b o ‘lishini ta ’minlaydi, bu esa issiqlik almashtirgichning
o ‘lcham larini minimallashtirishga imkon beradi. Isigan m ahsulot issiqlik
almashtirgich quvurlarining issiqlik eltgich
kirgan uchidan oqib chiqadi,
sovitilgan issiqlik eltgich esa issiqlik almashtirgichning m ahsulot oqib
kiradigan tom onidan chiqadi.
Boshqarish prinsiplari
Issiqlik almashtirgichni boshqarish vazifasi isitish jarayonini qurilm a
ning xavfsizligi va undan sam arali foydalanish
talablariga m uvofiq
o ‘tkazishdan iborat.
Mahsulot N -1/A ,B nasosi yordamida T -l issiqlik almashtirgichining
quvurlar dastasiga uzatiladi. Mahsulotning sarflanishini boshqarishni issiqlik
almashtirgichga tom on liniyadagi FV-100 klapani yordamida FIRC-100
rostlagichi amalga oshiradi. Mahsulotning haroratini TIR-300 asbobi o‘lchaydi.
Issiqlik eltgich T - l issiqlik almashtirgichiga N -2/A ,B
nasosi yordamida
uzatiladi. Issiqlik almashtirgichga kirayotgandagi uning harorati TIR-310
asbobi yordamida o ‘lchanadi. T -l issiqlik almashtirgichdan chiqishda qizigan
mahsulotning berilgan haroratini TIRC-330 rostlagichi ta ’minlab turadi,
u FIR C -110 asbobi uchun sarf miqdorini o ‘zgartirib, T - l ga kelayotgan
issiqlik eltgich oqimini kaskadda boshqaradi. FIRC -110 rostlagich FV-110
klapan yordamida issiqlik eltgichning talab etilayotgan sarfini ta ’minlaydi,
bu klapan issiqlik almashtirgichga issiqlik
eltgichni uzatish quvurida
joylashgan. T - l dan chiqarilayotgan sovitilgan issiqlik eltgichning haroratini
TIR-320 datchigi nazorat qilib turadi.