Isitish uzelini to ‘la to ‘xtatish, odatda, asosiy qurilm ani t a ’m irlash-
dan o'tkazish uchun yoki ishlab chiqarish zaruriyatiga ko‘ra am alga
oshiriladi.
22.5-§. SIG‘MLAR TIZIMI
Texnologik uzelning tavsifi
Ikki idishdan iborat tizim m odellashtiriladi, ular orasidan ishchi
suyuqlik o ‘z -o ‘zidan oqib o ‘tadi (22.5-rasm ga qarang).
Bu tizim gidro-
statika prinsiplarini namoyish qilishga imkon beradi. Idishlar h ar xil
balandlikka o‘rnatilgan. Idishlar orasidagi oqim yo‘llarida ish suyuqligi-
ning sarfini o'zgartirish uchun idishlardagi bosim ni va sathlarni o ‘zgar-
tirish mumkin.
Ish suyuqligi sifatida suvdan foydalaniladi.
Boshqarish prinsiplari
E - l idishiga suvni uzatish quvurida joylashgan FV-110 klapani
yordam ida F IR C -110 rostlagichi bilan tutib turiladigan sarf bilan E -l
idishiga suv uzatiladi. P IR -200 datchigi
kirish quvuridagi bosim ni
nazo rat qiladi, PIR-201 datchigi esa E - l ga kirishdagi bosim ni nazorat
qiladi.
E -l idishidagi bosimni ikki kanalli PIRC-210 rostlagichi ta ’minlab
tu rad i. R ostlagichning ,,A“ klapani bosim
rostlagichida belgilangan
qiymatdan oshib ketganda, atmosferaga azotni chiqarib yuboradi, agar
bosim belgilanganidan past bo‘lsa,
idishga ,,B“ klapan orqali azot uzatiladi.
Ikkala klapan yopilganda nosezgirlik zonasi mavjud bo ‘ladi: azot idishdan
chiqarilmaydi ham , idishga uzatilmaydi ham.
Suv E -l idishining pastki qismidan E -l idishga berilgan sathni saqlab
turuvchi LIRC-410 rostlagichining LV-410
klapani joylashgan quvur
b o ‘yicha oqib chiqib ketadi. Bosim datchigi PIR-211 E -l idishidan
chiqishdagi bosimni ko‘rsatadi.
Suv E-2 idishiga oqib o ‘tadi, PIR-120 datchigi E-2 o ‘tishdagi suv
sarfini ko‘rsatadi, P IR -220 datchigi esa E-2 ga kirishdagi bosim ni
ko‘rsatadi. E-2 idishdagi bosim E -l idishdagi
bosim kabi azot yordamida
tutib turiladi va PIRC-230 — ikki kanalli rostlagich bilan rostlanadi.
E-2 idishidan suvning berilgan sathini ta ’minlab turuvchi LIRC-430
rostlagichining LV-430 klapanli quvuri bo ‘ylab N -1A asosiy nasos yoki
N -1V zahira nasos E-2 dagi suvni tortib (haydab) chiqaradi. PIR-231
datchigi E-2 dan chiqarilayotgan suv bosimini, PIR-232 datchigi N -1/A ,V
nasoslarning
haydash bosimlarini, PIR-233 datchigi LV-430 klapanidan
keyingi bosimni, F I R - 130 datchigi esa E-2 dagi suvning sarflanishini
ko‘rsatadi.