1.2.1-rasm. Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlash usullarining klassifikatsiyasi.
Himoya gazlar muhitida payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin.
Payvand zonasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan azot, vodorod va karbonat angidrid kabi faol gazlardan foydalaniladi.
Eriydigan elektrod bilan yoyli himoya gazlar muhitida payvandlashda payvand chokning geometrik shakli va uning o‘lchamlari payvandlash yoyining quvvatiga, metallni yoy oraliqlaridan olib o‘tish xarakteriga, shuningdek, yoy oralig‘ini kesib o‘tuvchi gaz oqimi va metall zarrachalarining suyuqlangan metall vannasi bilan ta’sirlanishiga bog‘liq.
1.2.2-rasm.Eriydigan elektrod bilan himoya gazlar muhitida payvandlash jarayonining chizmasi:
|