1 – elektrod; 3 – soplo; 4 – yoy; 5 – buyum.
Payvandlash jarayonida payvandlash vannasining sirtiga gaz, bug‘ va metallzarrachalari oqimining hisobiga yo ustuni bosimi ta’sir qiladi, buning natijasida yoyustuni asosiy metallga botib kirib, suyuqlanish chuqurligini oshiradi. Elektroddan payvandlash vannasiga qarab yo‘nalgan metall gazi va bug‘larining oqimi elektromagnit kuchlarning siqish ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Payvandlash yoyining erigan metall vannasiga ta’sir kuchi uning bosimi bilan tavsiflanadi, gazva metall oqimi qancha konsentratsiyalashgan bo‘lsa, bu bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Metall oqimining konsentratsiyasi tomchilarning o‘lchami kamayishi bilan ortadi, tomchilarning o‘lcham metallning, himoyagazi tarkibiga, shuningdek, payvandlasht o‘kining yo‘nalishi va kattaligiga bog‘liq.
Inertgazlar muhitida elektrodning erishi natijasida hosil bo‘lgan payvandlash yoyi konus shaklida bo‘lib, uning ustuni ichki va tashqi zonalaridan iborat. Ichkizona ravshan yorug‘likka va katta haroratga ega bo‘ladi.
Ichki zonada metallning ko‘chirilishi sodir bo‘ladi va uning atmosferasi metallning shu olalanuvchi bug‘lari bilant o‘lgan bo‘ladi. Tashqi hudud yorug‘ligining ravshanligi kamroq bo‘ladi va ionlashgan gazdan iborat bo‘ladi.
|