• Arduino dasturiy ta’minotini o’rnatish
  • Texnologik tizimdagi donador mahsulotlarni sanash tajriba qurilmasini yaratish




    Download 1,92 Mb.
    bet2/3
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #241710
    1   2   3
    Bog'liq
    Texnologik tizimdagi donador mahsulotlarni sanash tajriba qurilm

    Arduino UNO mikrokontrolleri
    Arduino — noprofessional foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan oddiy avtomatika va robototexnika tizimlarini qurish apparat-dasturiy vositalarning savdo markasi hisoblanadi. Uning dasturiy ta’minoti bepul dasturiy qobiq (IDE)dan iborat bo’lib, dasturlarni yaratish va apparaturani dasturlash uchun mo’lajallangan. Arduino ning apparat ta’minoti pechatlab o’rnatilgan plata bo’lib, rasmiy ishlab chiquvchi va chekka ishlab chiquvchilar tomonidan sotiladi.
    Arduino Uno – ATmega328 mikrokontrolleri asosida ishlangan qurilma hisoblanadi. Uning tarkibida mikrokontroller bilan ishlash uchun zarur barcha tarkibiy qismlar mavjud, ya’ni:
    • 14 ta raqamli kirish/chiqish portlari; ulardan 6 tasi KIM (keng impulsli modulyatsiya)-chiqish porti sifatida ishlatilishi mumkin;
    • 6 ta analogli kirish porti;
    • 16 MGts li kvartsli rezonator;
    USB interfeys;
    • Elektr manba ulanish porti;
    • Ichki sxemalarni dasturlash uchun ulanish (ICSP);
    • Tashlab yuborish tugmasi.
    Qurilma bilan ishlashdan oldin uni AC/DC-adapteri yoki batareyka manbasiga yoki USB-kabel orqali kompyuterga ulash zarur.





    Arduino dasturiy ta’minotini o’rnatish
    Biz kompyuterimizga Arduino IDE dasturiy ta’minotini o’rnatishimiz zarur. Buning uchun http://arduino.cc/download_handler.php?f=/arduino-1.6.3-windows.exe manzilidan Arduino IDE dasturiy ta’minotini yuklab olamiz. Yuklab olgandan so’ng, dasturni ishga tushiramiz. Bizga Arduino IDE oynasi ushbu holda paydo bo’ladi:

    Etibor qilsangiz, biz kompyuterimizga Arduino platasini ulamasimizdan oldin, o’ng taraf pastki burchakda «Arduino Uno on COM1» yozuvi ko’rinib turibdi. Bu bilan Arduino IDE bizga hozirgi vaqtda u Arduino UNO platasi bilan to’liq ishlashga sozlanganligini xabardor qilyapti. Qachon vaqti kelsa Arduino IDE Arduino Unoni COM1 portidan izlaydi.
    Agar Arduino IDE ishga tushmasa, demak, kompyuteringizda JRE (Java Runtime Environment) noto’g’ri o’rnatilgan bo’ladi.
    Arduino IDE o’rnatilgandan so’ng Arduino Unoni kompyuterga ulaymiz. Buning uchun USB kabeldan foydalanamiz. USB kabel kompyuterga ulangandan so’ng platadagi ON svetodiod yonadi va L svetodiodi o’chib yonib turadi. Bu plataga tok berilganini va Arduino Uno zavod tomonidan yuklanga “Blink” dasturini bajarishni boshlaganini bildiradi.
    Arduino IDEni Arduino Uno bilan shlashga sozlash uchun biz Arduino Uno qaysi COM portga ulanganligini aniqlashimiz lozim. Buning uchun Windows operasion tizimining “Qurilmalar Dispetcheri”ga kiramiz va “Portы (COM i LPT)” bo’limini ochib qaraymiz. Biz ushbu holdagi rasmni ko’rishimiz lozim bo’ladi:

    Bu operasion tizim Arduino Uno platasini COM-port deb topdi va unga to’g’ri drayver o’rnatdi, hamda COM-portga 7 raqamini berdi deganini anglatadi. Agar kompyuterga boshqa Arduino platasini ulasak, operasion tizim unga boshqa raqamni beradi. Agar sizda bir nechta plata bo’lsa, COM-port raqamlari bilan chalkashib ketmang.
    Endi biz Arduino IDEga plata “COM7” COM-portida joylashganligi haqida ma’lumot berishimiiz zarur. Buning uchun «Инструменты» menyusining «Последовательный порт» bo’limidan “COM7” portini tanlaymiz. Agar platamiz Arduino Uno emas, balki, Arduinoning boshqa modeli bo’lsa, unda «Инструменты» menyusining “Плата” bo’limidan o’zimizning plata modelini tanlaymiz.
    Endi Arduino Unoni ishlashini tekshirib ko’ramiz.
    Buning uchun biz tayyor dasturdan foydalanamiz, qaysiki bu dastur Arduino IDE dasturlash tizimida kiritilgan (o’zi mavjud) bo’ladi. Bu tayyor dastur elektrik sxemadagi LED lampochkani o’chirish/yoqish buyrug’ini amalga oshiradi va lampochkani o’chiradi/yoqadi.

    Download 1,92 Mb.
    1   2   3




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik tizimdagi donador mahsulotlarni sanash tajriba qurilmasini yaratish

    Download 1,92 Mb.