• Dars rejasi Vaqti
  • Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism
  • Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati nimadan iborat.
  • Texnologik xarita




    Download 2.05 Mb.
    bet7/7
    Sana01.07.2021
    Hajmi2.05 Mb.
    #15325
    1   2   3   4   5   6   7
    Dars jihozlari: Darslik, plakat, slaydlar, kodoskop, test kartochkalar, didaktik materiallar.
    Darsda foydalanadigan metodlar. “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB” metodlkari.




    Dars rejasi

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    2 minut

    2

    Uy vazifalarini so`rash

    10 minut

    3

    Yangi mavzu bayoni

    20 minut

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 minut

    5

    Uyga vazifa berish

    3 minut


    Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism:

    O`qituvch dars jihozlarini darsga tayyorlaydi, o`quvchilardan davomat olinadi.



    2. O`tilgan mavzu bo`yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib darsni mustahkamlash.

    O`quvchilar uch guruhga bo`linadi. O`quvchilarga shu metod asosida tuzilgan savollar beriladi.

    1. Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati nimadan iborat.

    2. O’zbekistonda dugungi kunda fizika taraqqiyoti haqida nimalarni bilasiz

    3. Fizik kattaliklar va ularni o’lchash qanday amalgam oshiriladi?

    5. Qanday suvda odam cho`kmaydi?


    3. Yangi mavzu bayoni:
    Qadimda yashagan odamlar to’la-to’kis tabiatga bog’liq bo’lganlar. Chunki hech narsani o’z qo’llari bilan yaratmasdan, atrofda borini iste’mol qilganlar. Yog’in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan, g’orlarda bekinib jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o’ylab topganlar va olovdan foydalanishni o’rganishgan. Bu jarayonda ularning turmushi yengillasha borgan shunga ko’ra tabiatni o’rganish, undan foydalanish va unga ta’sir ko’rsatila boshlagan. Tabiat haqidagi bilimlarni o’rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanishi natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong’ilikda qolish,och qolish kabi holatlardan va ko’pchilik kaslalliklardan qutula oladi. Inson yer yuzi bo’ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda.

    Tabiiy bilimlar ichida fizika yetakchi o`rinni egallaydi .Birinchi mavzuda aytib o`tilgandek, uning o`rganadigan soxasi keng qamrovlidir . Fizikaning xar bir o`rganilgan yangi qonunyatlar jamiyat rivojlanishiga kuchli ta:sir ko`rsatadi. Shunga ko`ra O`zbekistonimizda ham fizika fanini rivojlanish bo`yicha keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O`zbekiston Fanlar

    Akademyasiga tegishli ilmiy-tadqiqotinstitutlari hamda oliy o`quv yurtlari labaratoriyalaridagi olimlar shug`illanadilar.mexanik hodisalar bilan M.T. O`razboyev nomidagi Mexanika va inshooatlar seysmik mustaxkamligi institutida ,issiqlik xodisalari bilan Fanlar akademiyasining Issiqlikfizikasibo`limida akademik P.Q.Habibullayev raxbarligida ishlar olib borilmoqda. Yorug`lik hodisalariga doir ishlar “Fizika-Quyosh”ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o`rganilmoqda.

    Koino fizikasiga doir tadqiqotlar akademiyaning Astranomiya instituda olib boriladi.



    • Jismlarning yoki fizik xodisalarning ba`zi parametrlarini tajriba yordamida o`lchash mumkin.Bu parametrlar fizik kattaliklar deb ataladi. Masalan, jismning uzunligi, hajmi, temperaturasi, massasiva h.k,

    O’lchash deyilganda, o’chanadigan kattalikni namunaviy kattalik bilan solishtirish tushuniladi. Harbir namunaviy kattalikning o’z birligi mavjud. Masalan, uzunlikning birligi sifatida Halqaro kelishuvga muvofiq metr (1m), vaqtni o’lchash uchun sekund (1s) qabul qilingan . Uzunlik namunasi platina-iridiy qotishmasi (2ta modda aralashmasi )dan yasalgan bo’lib , Frnsiyada saqlanadi. Unga solishtirib yasalgan nushalar boshqa mamlakatlarga tarqatilgan.

    Kundalik turmushda uzunlik metrdan tashqari unga karrali bo’lgan hamda ulishishlariga to’g’ri kelgan birliklarda hm o’lchanadi.

    Masalan:1 kilometr =1000metr

    Vaqt etaloni sifatida moddaning kichik zarrasi –atom nurlanishidagi ma’lum davrni olishga kelishgan. Kundalik turmushda vaqtni ko’rsatish uchun minut, soat, sutka, hafta, oy va yil kabi birliklar ishlatiladi.

    1soat=60=minut=3600sekund.

    1sutka=24soat.

    1millisekund=0,001sekund.

    Xuddi shunday modda va jiamlarning massasini o’lchash uchun platina vairidiy qotishmasidan maxsus namunaviy tosh (1kilogramm) tayyorlangan . U ham Fransiyada saqlanadi.

    O`qituvchi yangi mavzuni boshlashda o`quvchilarga “Klaster” metodi bo`yicha muammoli savollar beriladi. Ular bu savollarga rasm asosida chizib izoxlab berishlari kerak.

    VI. Darsni mustahkamlash:

    1) Jamiyatning rivojlanishida fizikaning ahamiyati haqida gapiring.

    2)Fizik kattaliklar nima?

    3) Fizik kattaliklarni o’lchash deganda nimani tushunasiz?
    VII. Darsni yakunlash:

    Oquvchilarni baholash.

    VIII. Uyga vazifa:

    -Test tuzish.



    -Krasvord tayyorlash.







    Download 2.05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.05 Mb.