So’z boshi.
Ma’lumki o’sib kelayotgan yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, kasib-
hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish muhim
ijtimoiy-siyosiy va davlat
ahamiyatiga ega bo’lgan umummilliy masaladir. Xalqimizda, hunarli kishi
xor bo’lmas, degan ajoyib naqil bor. Bu naqil
eng kichik yoshdan boshlab
mehnat qilishga turli xil kasb-hunarni egallashga o’rgatib borish,
xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiya berish,
barkamol
insonni tarbiyalash imkonini beradi. Ushbu metodik qo’llanmada
texnologiya fanini o’qitish metodikasining umumiy masalalari, ta’lim-tarbiya
jarayoniga tizimli
yondoshuv, unda o’qitish shakillari bo’lgan dars, darsdan
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar, tikish –bichish ishlarini uyg’un
ravishda tashkil etish, o’quvchilar ongiga va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini
singdirish yuzasidan tavsiyalar berilgan, shuningdek 6-sinf
texnologiya
fanidan “Serviz xizmat” yo’nalishi, Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologisi
bo’limi, yupka tikish texnologiyasiga oid tavsiyalar berilgan va dars
ishlanmalari
keltirilgan, darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish yo’llari ko’rsatilgan.
Ushbu metodik qo’llanmada umumiy o’rta t’alim maktablarining 6-
sinflarida texnologiya fanini “Servis xizmati” yo‘nalishi bo’yicha
mashg’ulotlarni tashkil etishga oid tavsiyalar berilgan .Mazkur
tavsiyalar
texnologiya fani mashg’ulotlarini tashkil etishga va o’tkazishda texnologiya fani
o’qituvchilariga yaqindan yordam beradi, degan umiddamiz.
Texnologiya fanini o’qitishda Davlat Ta’lim Standartlari