Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilar modelyer, bichuvchilik
va tikuvchilik kasblariga qiziqtirish.
Darsning vazifasi: o’quvchilarga yubkalarga
ishlov berish ishlarini
o’rgatish.
Dars tipi: yangi bilimlar berish.
Darsning turi: nazariy va amaliy.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: suhbat, bahs-munozara, tushuntirish,
kichik guruhlarda ishlash, klaster, taqdimotva “nimauchun” usullari.
Darsning jihozi: bitmagan yubka namunalari, dazmol, dukcha, maniken,
santimetrli lenta, mavzuga oid rangli rasmlar, plakatlar.
Fanlararo bog’lanish: chizmachilik, tibbiyot, kimyo, iqtisod.
Darsning borishi:
I.
Tasbkiliy qism.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash Savollar:
1. Belboqqa qanday tartibda ishlov beriladi?
2.
Agar belbog’ bo’ylamasiga ikki qismdan iborat bo’lsa, necha sm qoldirib
tikiladi?
3. Belbog’ qanday tartibda dazmollanadi?
4. Yubkani etak qismi qanday qaviqda tikiladi?
5.Yubka tikishda qanday xayfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish kerak?
II.
Yangi mavzuni bayon qilish: Reja:
1.
Yubkani bezash.
2.
Yubkaga oxirgi ishlov berish.
Nazariy ma’lumot. Kiyim tartibi bo’yicha tikib bo’lingach, uning
sifatiga quyidagi talablar qo’yiladi:
1.
Kiyimning ustki ko’rinishi tanlangan
fasonga estetik jihatdan ham,
kiyishga qulayligi jihatdan ham javob berishi kerak.
2.
Mashina va qo’l choklari qoidaga muvofiq bo’lishi lozim.
3.
Oxirgi ishlov berishda avval uning tugmachalari qadaladi, modeliga
qarab bezak choklari tikiladi. Ko’klash choklari olib tashlanadi va
tozalanadi, dazmollanadi. Gazlamaning xususiyatiga qarab dazmollash
ham turlicha bo’ladi. Chit, shotlandka, umumanpaxta, kanop tolasidan
to’qilgan gazlamalarni o’ng tomonidan dazmollash mumkin. Jun, ipak
tolasidan to’qilgan gazlamalarni o’ng tomonidan dazmollash mumkin.
Jun, ipak tolasidan to’qilgan gazlama
lami teskari tomonidan
dazmollanadi yoki presslanadi, ishni avtomat, yarim avtomat presslarda
bajariladi. Fabrikalarda kiyimlarga oxirgi ishlov berish sexlarida maxsus
mashinalar yordamida tugmalar qadaladi, petlya, ilgak tikiladi,
to’rlanadi va presslanadi.
4.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida mahsulotning sifatiga yuqori
talablar qo’yilmoqda. Sifat belgisiga kiyimning yaratilishi va kiyishga
chidamliligi kiradi. Sifatni aniqlashda kiyim qanday materialdan
tayyorlangani,
kiyimning konstruksiyasi, ish chilaming malakasi va
nazorat hisobga olinadi. Har bir ko’rsatkich standartdagi birliklar bilan
izohlanishi kerak.
5.
Standart bo’yicha kiyim laming sifati nav (sort) lar bilan belgilanadi.
Navlar ustki kiyimga, yengil va ichki kiyimlarga qo’yiladi. Modelga
o’zgartishlar kiritish savdo tashkilotlari bilan kelishilgan holda amalga
oshiriladi. Nazorat xil bo’ladi. Tayyor
kiyimlar uchun va yarim
fabrikatlar uchun. Tayyor kiyimlar nazoratchisi kiyimlar sortlarga
ajratadi yoki brakka chiqaradi. Yarim fabrikat nazoratchisi esa xom
ashyoning navini pasaytiradi.
Kiyimni bezashda xilma-xil buklamalar, bo’rtirma choklar,
etak burmalar,
oddiy burmalar, fumitura va hokazolardan foydalaniladi. Qo’sh etaklarning
burmalari maxsus mashinada bajariladi. Qoplama cho’ntak, xlyastik, belbog’,
cho’ntak qopqoqlari ham bezak hisoblanadi.
Kiyimlar har xil tikma gullar,
mo’yna, petlyalar bilan ham bezatiladi. Ba’zan tayyor bezaklarni kiyimlarga
biriktirib qo’ya qolinadi. Bunday ishlar tikuvchilik korxonalarida
mexanizasiyalashgan usulda bajariladi. Parallel choklar, applikasiyalar,
turli
gullarni pressda yelimlab yopishtiriladi. Har xil rangli shnurlardan mo’ljallangan
gul shakliga moslab ikki ipli zanjirsimon bahya qatorlar yuritish yo’li bilan ham
gazlamani bezash mumkin. Applikasiyalarni bostirib tikishda – siniq bahya
qatorli oddiy 26-klass mashinalari ko’p ishlatiladi. Siniq bahya yuritadigan 75-
klass PMZ mashinasida iplari moki yordamida chat ishtiriladigan juda murakkab
bahya qatorlar hosil qilish mumkin. Gazlama chetiga ishlov beradigan 42-klass
mashina siikki gorizontal yo’nalishda harakatlanadi. Ignaning bir harakat siklida
oltita bahya hosil bo’ladi .Gazlamaning bir surilishi siklida esa 24 bahya hosil
bo’ladi. Nozik kashta hosil qiladigan 43-klass PMZ mashinasi ayollar ich
kiyimiga, ko’ylaklarga, dasturxonlarga to’g’ri to’rtburchak shaklidagi
bezaklarni tushirishga mo’ljallangan.
Amaliy ish. Yubkani bezash va oxirgi ishlov berish.
4 .Mustahkamlash Savollar:
1. Belboqqa qanday tartibda ishlov beriladi?
2. Agar belbog’ bo’ylamasiga ikki qismdan iborat bo’lsa, necha sm qoldirib
tikiladi?
3. Belbog’ qanday tartibda dazmollanadi?
4.Yubkani etak qismi qanday qaviqda tikiladi?
5. Yubka tikishda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish kerak?
4. Yubka qanday tartibda tikiladi?
5. Kiyimni sifatiga qanday talablar qo’yiladi?
6.Yubkani pardozlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
7.Dazmollash vaqtida gazlama xususiyatiga nima uchun e’tibor beriladi?
8. Yubkaga oxirgi ishlov berish kiyinish sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Darsni yakunlash.
Baholash:
V.
Uyga vazifa: Ishni da’vom ettirish.
Zardozlik ishlariga
tayyorlanib kelish