9-10 Mavzu: 18-amaliy mashg’ulot. “Mоlniya” tаqilmаsini tikish.
(1-soat)
Darsning maqsadi:
a) ta ’limiy - o’quvchilarga yubkalarga molniya
taqilmasini tikishni
o’rgatish;
b) tarbiyaviy - o’quvchilarni kiyimlarni tayyorlashga oid estetik didini
rivojlantirish;
c)rivojlantiruvchi
-
o’quvchilarni
yubkalarga ishlov berish
ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilarni modelyer, bichuvchilik
va tikuvchilik kasblariga qiziqtirish.
Darsning vazifasi: o’quvchilarga yubkalarga ishlov berishni o’rgatish.
Dars tipi: yangi bilimlar berish.
Darsning turi: nazariy va amaliy.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: suhbat, bahs-munozara,
tushuntirish,
kichik guruhlarda ishlash, klaster, taqdimot va “nima uchun” usullari.
Darsning jihozi: ish qutichasi, yubka, 14-16
sm li molniya, uni tikish
uchun maxsus
tepki va boshqa jihozlar, mavzuga oid rangli rasmlar,
plakatla;r.
Fanlararo bog’lanish: chizmachilik, tibbiyot, kimyo, iqtisod.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism.
,
II.
So’rash. Savollar:
1. Kiyimlarni tekshirishda nimalarga e’tibor beriladi?
Yubkani birinchi
kiydirib ko’rishdan maqsad nima?
2. Vitochka va yon choklar qanday to’g’rilanadi? Bo’ksa chizig’i
bichiqda qanday belgilanadi? Kontrol chiziqlarni nima uchun chiziladi?
3. Qaysi vaqtda ikkinchi marta tekshiriladi?
4. Tuzatib bo’lmaydigan xatolar ham uchraydimi?
III.
Yangi mavzuni bayon qilish.
IV.
Reja:
1.
Molniya taqilmalari va ularning ahamiyati.
2.
Molniya taqilmasini tikish.
Amaliy ish. Yubkaning tugmalanadigan qismiga molniya qo’yish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, yubka, 14-16
smli molniya, uni
tikish uchun maxsus tepki.
Ishni bajarish tartibi:
1.
Tepa qismining chap tomonidan molniya uchun qoldirilgan joyni
teskari tomonidan ko’klab tikiladi va dazmollanadi. “Molniya”ni ochib,
o’ng tomoni bilan yubkaning teskari tomoniga qo’yiladi, to’g’nog’ichni
qadab, gazlama qismidan tikib chiqiladi. Molniyani yopib, ikkinchi tomoni
ham tikiladi.
2.
O’ng tomonining chetidan 0,1va 0,2
sm qoldirib mashinada bahya
qator bostirib tikiladi. 14-16 smli molniyada gorizontal tikib chok
mustahkamlanadi. Molniyaning chetini yubkaning ochiq qoldirilgan joyiga
qo’lchokida yo’rmab tikiladi
E’tibor bering! Molniyaning chetidagi chokning kengligi bir xil bo’lishi
lozim. Molniya tikilganda uning ustidan tishli qismi ko’rinmasligi kerak.
Mustahkamlash. Savollar:
1. Yubka uchun molniya tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak.
2. Molniya tikishda chetidagi chok kengligi qanday bo’lishi kerak?
3. Molniya tikishda maxsus tepkidan nima maqsadda foydalaniladi.
4. Molniya tikishda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish
kerak? Ularni aytib bering.