texnologik
jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat
operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;
texnik
va
kreaktiv
fikrlashni,
intellektual
qobiliyatlarini
shakllantirish;
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni
bajarish ketma-
ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
buyum va jarayonlarni bajarishga oid
xulosalar chiqarish hamda
mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda
tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda
rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishida
umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “
Texnologiya va
dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
Darsda foydalanadigan metodlar.
Pedagogik faoliyatda bu metod qisqacha
“Kimning ipi ignadan o’tadi” deb nomlanadi. Mazkur metodda sinf qizlari
ikki guruhlarga 6-6 ta o’quvchilarga bo’linadi. Doskada igna hamda ip ushlab
olgan qiz rasmi qo’yiladi ikkala guruhga ham alohida-alohida, ipga mavzular
bo’yicha savollar qo’yilgan bo’ladi . Guruhlardan bittadan o’quvchilar chiqib
birin –ketin savollarga javob beradilar. Bu savollar shu o’rinda tuguncha
vazifasini ham bajaradi.O’quvchilar savollarga
javob topsalar tugunchalar
yechilib ip ignadan o’ta boshlaydi,savollarga
javob topilmasa tuguncha
yechilmaydi guruh ignadan ipni o’tkiza olmaydi.
“Qaychi” metodi.
Bu metod amaliy ish vaqtida qo’llaniladi.Sinf o’quvchilari ikki yoki
uch guruhga bo’linib amaliy ish bajarish vaqtida biror xato yoki kamchilikka
yo’l qo’yishsa,texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya gigiena qoidalariga
amal qilishmasa qaychi rasmi tushirilgan jarima kartichkasi beriladi.
Amaliy
ish yakunida olingan jarimalar guruh ballarini qirqish vazifasini bajaradi.