• MUHOKAMA
  • NATIJA
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




    Download 96,68 Kb.
    bet2/4
    Sana21.05.2024
    Hajmi96,68 Kb.
    #248110
    1   2   3   4
    Bog'liq
    texnologiya-faniga-oid-to-garak-mashg-ulotlarida-o-quvchilarni-estetik-madaniyatini-rivojlantirish-tizimi (1)

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


    Bu ulkan va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda barcha fan o’qituvchilari qatori texnologiya ta’limi o’qituvchilari dars jarayonida ma’lum bilimlar sistemasini berish bilan cheklanmasdan, o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda, ya’ni xayotda tadbiq etilishiga erishmog’i lozim. Bu borada sinfdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlarning ahamiyati juda katta. Chunki dars vaqt jihatidan chegaralangan o’quv rejasidagi bilimlarni berish bilan kifoyalanadi. Texnologiya ta’limiga oid bo’lgan bilimlarni har bir maktab o’qituvchisi sinfdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshirish imkoniyati kattadir. Bularning amalga oshirilishi o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi, puxta va atroflicha bilim bilan qurollantiradi mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda, qolaversa ongli kasb tanlashida muhim rol o’ynaydi.
    Ayrim fan o’qituvchilari sinfdan tashqari mashg’ulotlarni darsdan tashqari mashg’ulotlar bilan aralashtirib yuboradilar. Vaholanki, darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida, ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunda sinfdagi barcha o’quvchilar bevosita ishtirok etadilar.
    Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko’riladigan masalalardan yana biri o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan kasb tanlashga yo’llashdan iboratdir.


    MUHOKAMA


    Texnologiya ta’limi fanidan uyushtiriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar quyidagilarni hal qilishga yordam beradi.
    O’quvchilarning fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish: qo’shimcha adabiyotlardan foydalana olish ko’nikmasini o’stirish, mustaqil bilim olish ko’nikmasini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan yaqindan tanishtirish, kuzatish va tajribalar o’tkazishga o’rgatish, mustaqil ravishda referat yozishga o’rgatish va hokazo.
    Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida xar bir yoshning sanoat korxonalarida va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo’lishi talab qilinmoqda. Chunki har bir yosh o’zi egallagan kasblarning mohir ustasi bo’lmog’i shu kun talabidir.
    Har qanday yuqori kasbiy mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi ham dars jarayonida o’quvchilarni fan sohalarida erishilgan hamma yutuqlar bilan xabardor qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda beriladigan ilmiy ma’lumotlarning hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o’qituvchi sinfdan tashqari uyushtiriladigan

    mashg’ulotlarda o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini bevosita rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini xisobga olgan holda, mustaqil ravishda qo’shimcha adabiyotlar tavsiya etishi lozim. Texnologiya ta’limi o’qituvchisi kasblar haqida umumiy yo’nalishlar ham berib boradi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’quvchi sharoitini hisobga olish muhimdir. Masalan, qishloq maktablarida sharoitini hisobga olib tashkil etilgan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning yushtirilishi yaxshi natijalar beradi. Bunda o’quvchilarda kuzatuvchanlik, olingan natijalarni taqqoslash va tahlil qilish, xulosalar chiqarish, amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilish xususiyatlari shakllana boradi.


    Sinfdan tashqari ishlarda faqat bilim berishga berilib ketmasdan, ishning tarbiyaviy tomoniga jiddiy e’tibor berish lozim. Bu hol hozirgi sharoitda ayniqsa muhim. O’quvchilarimiz mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi, haqidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim.
    Sinfdan tashqari mushg’ulotlarda yoshlar turli-tuman kasb-hunarga oid amaliy ishlarni bajarishadi. Masalan, kechalar, uchrashuvlar, ko’rgazmalar tayyorlashi mumkin.
    Umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari mashg’ulotlarning shakllari. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg’ulotlar asosan 3 turga bo’linadi:

    1. Ayrim o’quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg’ulotlar.

    2. O’quvchilar guruxi bilan olib boriladigan mashg’ulotlar.

    3. O’quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar.

    Ayrim o’quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ilmiy ommabop kitoblar o’qish, ko’rgazmali qurollar yasash, kuzatish va tarjribalar o’tkazish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
    O’quvchilar guruxi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarda to’garak mashg’ulotlari, fizika, qishloq xo’jaligi texnikalari kabinetlarini jihozlash, devoriy gazetalar, fotomontajlar chiqarish, o’quv filmlari namoyish qilish, albomlar tayyorlash, ekskursiyalar uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
    Ommaviy mashg’ulotlarga gurux o’quvchilari qatnashishlari mumkin. Bunday mashg’ulotlarda «Gullar kuni», «Texnologiya fani oyligi», «Tabiat va biz»,
    «Texnologiya- rivojlanish xaftaligi» kabi kechalar, suhbatlar, muzokaralar, viktorinalar, taniqli olimlar va boshqa kasb egalari bilan uchrashuvlar o’tkazish, ommabop va badiiy filmlar namoyish qilish tajriba, ekskursiyalar materiallariga asoslangan ko’rgazmalar tashkil etish, o’tkir zexnlilar mushoirasi kabi turlari kiradi.
    Ta’lim jarayonida sinfdan tashqari ishlarning shakllari 1-shaklda ko’rsatilgan.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil qilinadigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy shakllari



    Ayrim talablar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar
    Guruhlarga bo’linib o’tkaziladigan mashg’ulotlar
    Ommaviy tarzda o’tkaziladigan mashg’ulotlar

    1-shakldan ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari mashg’ulotlarning xar bir shakllari ko’rsatilgan bo’lib, ular dars bilan uzviy aloqadadir.


    Texnologiya faniga oid bo’lgan sinfdan tashqari uyushtirilgan mashg’ulotlarni yuqorida bayon qilingan shaklllari asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg’ulotlarning hammasi bir-birini to’ldirib borishi kerak. Ayrim o’quvchilar guruxi bilan yakka tartibdagi, ommaviy mashg’ulotlar o’rtasida keskin chegara bo’lishi mumkin emas.


    NATIJA


    Yuqoridagi aytib o’tilgan hujjatlarda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o’quvchilarni estetik madaniyatini shakllantirish va kasb-hunarga yo’llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg’ulotlarni samarali o’tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, o’quvchilarni sinfdan tashqari mashg’ulotlarda esetetik madaniyatini rivojlantirish va kasb yo’naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish,

    Download 96,68 Kb.
    1   2   3   4




    Download 96,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

    Download 96,68 Kb.