|
Texnologiya faniga oid to’garak mashg’ulotlarida
|
bet | 3/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 96,68 Kb. | | #248110 |
Bog'liq texnologiya-faniga-oid-to-garak-mashg-ulotlarida-o-quvchilarni-estetik-madaniyatini-rivojlantirish-tizimi (1)ikkinchidan, mashg’ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir o’quvchining individual fazilat va sifatlarini to’laroq e’tiborga olish muhim hisoblanadi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirishga yordam beruvchi mashg’ulotlardan foydalanish, vositalarni ishga solish, kasbga yo’naltiris maqsadida kasblar to’g’risida ma’lumot berish, kasbga yo’llash, kasbiy yo’l-yo’riq ko’rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda, o’quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasbga yo’naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab kursatishimiz mumkin.
Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o’quv jarayonini loyihalash bosqichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya’ni:
birinchi bosqichda - amalga oshiriladigan texnologiyaning maqsadini, o’quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasb-hunarga yo’llash ishlari
samaradorligini oshirishga ularning sinfdan tashqari mashg’ulotlari mazmunini takomillashtirish orqali erishish;
ikinchi bosqichda - shakllantirilgan maqsad asosida uni amalga oshirish yo’llarini belgilab olish, ya’ni sinfdan tashqari mashg’ulotlarning o’quvchilar extiyoji va qiziqishlariga javob bera oluvchi eng maqbul majmuasini asoslash; o’quvchilarni mashg’ulotlarga jalb qilishda ixtiyoriylik mezonini maxsus tanlov metodi bilan uyg’unlashtirish, sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmunini tanlashda individual va individual-tabaqalashtirilgan metodlardan o’rinli foydalanish;
uchinchi bosqichda - sinfdan tashqari mashg’ulotlar tizimi orqali o’quvchilarni estetin madniyatini rivojlantirish va kasbga yo’naltirish samaradorligini oshirish maqsadida ularning shaxs sifatlarini tashxis qilish metodikasini amalga oshirish.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar bir tomondan, dars jarayonining uzviy davomi bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quvchilarni estetik madaniyatini ivojlantirish va kasb tanlashga yo’llash imkoniyatlarini kengaytiradi, keng yo’l ochib beradi.
An’anaviy metodikaga ko’ra sinfdan tashqari mashg’ulotlarga o’quvchilar ixtiyoriylik asosida jalb qilinishi lozim. Lekin mashg’ulotlarni tashkil etishning ushbu shakli bir qator ijobiy tomonlari bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, tajribalardan ma’lum bo’ladiki, o’quvchilarning sinfdan tashqari mashg’ulotlarga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatda bo’lishi, berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda intizomsizlik, jamoga aloqador umumiy maqsadlarni hurmat qilmaslik kabi salbiy holatlar mashg’ulotlarning samarasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mazkur salbiy omil ta’sirini kamaytirish va o’quvchilar extiyojlarini to’laroq qondira oladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar shakllaridan foydalanish maqsadga muvofikdir. Buning uchun dastlab o’quvchialarning qiziqish doirasini belgilab olish hamda ularni estetik madaniyatini rivojlantiruvchi va kasbga yo’naltirish uchun xizmat qiluvchi mashg’ulotlar shaklini to’g’ri tanlash kerak. Buning uchun maxsus so’rovnoma va suhbatlar o’tkazish maqsadga muvofiqdir deb o’ylaymiz.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning o’z iqtidorini, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bu hol o’quv dasturida ko’zda tutilganidan ko’ra murakkabroq vazifalar qo’yishga va ularni hal etishga asos bo’ladi. Ixtiyoriylik mezonining talab qiziqishlari bilan uyg’un holatda qo’llanilishi o’quvchilar tashabbuskorligi yuqoriroq bo’lishini ta’minlaydi. Shu tufayli sinfdan tashqari ish jarayonida o’quvchilarning ma’naviy-madaniy fazilatlarini rivojlantirish va kasbga yo’llash ishlarining asosiy vazifalarini bajarish bo’yicha yaxshi natijalarga erishiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar kasbiy tarbiya asosidagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi:
Texnologiya fanida davomida o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish;
Unumli mehnatga asoslangan ijodiy faoliyatga o’quvchilarni jalb qilish;
Hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni kengaytirish;
Xalq xo’jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga tayyorlash;
Mehnatga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirish;
Estetik madaniyatini rivojlantirish;
Jamiyat va tabiat qobuniyatlariga nisbatan ijobiy fikrlashni shakllantirish;
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar turli shakllarda amalga oshirilishi lozim. Bir so’z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida o’quvchilarni estetik maaniyatini rivojlantirish va kasbga yo’naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha shakllaridan foydalanish shubhasiz, samarali natijalarga olib keladi.
O’qitish jarayonida maktablardagi to’garak mashg’ulotlarida estetik madaniyatini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatini o’stirish muammosi katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Fan va texnikaning aniq turlari qishloq xo’jaligi texnikalari bo’yicha o’quvchilar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish -umumta’lim predmetlari, texnologiya ta’limi o’qituvchilari va to’garak rahbarlari eng muhim vazifasidir, chunki qiziqishlar bo’yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa formalari bilan uzviy bog’liq holda shaxsni uyg’un shakllantiradi va maktab bitiruvchilarini sanoat hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat qilishga tayyorlaydi. O’qituvchilar va to’garak rahbarlarining ilg’or ish tajribasini o’rganish, umumlashtirish hamda tatbiq qilish doimo pedagogika fanining muxim vazifalaridan biri bo’lgan va shunday bo’lib qoladi.
Bizning ilmiy ishimizda texnologiya fani o’qituvchilari va to’garak rahbarlari o’quvchilaring estetik madaniyatini rivojlantiruvchi mashg’ulotlarni tanlashga hamda o’quvchilar mehnatini moddiy texnik jihozlashga oldindan sinchiklab tayyorlanishi zarurligiga alohida e’tibor berilgan. To’garak rahbarlarinng o’quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirishga asoslangan tizimni quyidagi shaklda tavsiya qilamiz (2- shakl):
2-shakl
Iqtisodiy tarbiya
Talaba shaxsini ijtimoiy- kasbiy yo’naltirish
Kasbiy tarbiya
Estetik tarbiya
O’quvchi shaxsi estetik madaniyatni rivojlantirish tizimining ob’ekti sifatida
|
| |