18
18
Usta
xonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoida-
larini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish lo zim. Bu qoidalar quyidagilardan
iborat:
1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan
bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.
2. Ish o‘rnini, asboblarni ko‘zdan kechirish va ishlatishga tayyor ligini tekshirish.
3. Kesuvchi asboblarning tig‘i o‘tkir yoki o‘tmasligini tekshirish. Ular bilan ish-
laganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.
4. Elektr asboblaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
5. Asboblar va xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.
6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish,
asbob larni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay ho latda joylashtirish.
7. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.
8. Har bir ish turi uchun belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya
qilish.
9. Ish joylarini almashtirib kо‘chib yurmaslik, boshqa ish о‘rinla ridagi asbob-
uskunalardan ruxsatsiz foydalanmaslik.
10. Ish o‘rnini payraha va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan toza lash.
11. Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan ishlarni nav batchiga top-
shi rish.
12. Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish, belgilangan joy-
larga qo‘yish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish.
13. Ish oxirida kiyimni almashtirish, qo‘lni yuvish.
14. Mashg‘ulot jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan va jarohatlanish
yuz bergan hollarda yoki o‘zingizni yomon his qilsangiz darrov o‘qituvchiga xabar
qilish.