31
31
Yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida
tirgakdan
foydalaniladi (34-rasm).
Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus
tokarlik iskanalari yordamida bajariladi (35-rasm).
Duradgorlik ishlarida turli stanoklardan foydalaniladi. Shuning uchun quyidagi
xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish va ularga amal qilish shart:
1. Yorug‘lik ish o‘rniga o‘ng tomondan tushishi, ish o‘rnida tabiiy yorug‘lik
yetarlicha bo‘lishi kerak.
2. Materiallarni stanok staninasiga, mexanizm yoki to‘siqlar ustiga qo‘ymaslik ta-
lab etiladi.
3. Stanok va mexanizmlarning detallari, staninalari, qopqoqlari, to‘siq lari sinma-
gan, g‘adir-budursiz bo‘lishi kerak.
4. Elektr dvigateli qulflanadigan yashik yoki maxsus to‘siq bilan yopilishi kerak.
5. Stanoklarning tishli, tasmali va boshqa uzatmalari, disk arralari, pichoqli vallari
maxsus qopqoqlar bilan berkitilishi kerak.
6. Stanokning aylanayotgan ish qismlarini qo‘l yoki boshqa biror narsa bilan
to‘xtatmaslik kerak.
7. Stanokni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo‘l bilan tek-
shirmaslik kerak.
8. Ish vaqtida maxsus kiyimda bo‘lish va himoya ko‘zoynagini taqib ishlash talab
etiladi.