24
24
9-§. ASBOB-USKUNA VA MOSLAMA
TURLARI
Yog‘och va taxta materiallardan tayyorlanadigan buyumlar ning aniq o‘lchamli
va sifatli chiqishi, ish vaqti va materialni tejash qiymati o‘lchov
hamda rejalash
asboblaridan o‘rinli foydalana olishga bog‘liq bo‘ladi.
O‘lchash deb
yog‘och materialining o‘lchamlari va shaklini aniq lashga aytiladi.
O‘lchash asboblari tuzilishiga ko‘ra shkalali va shkalasiz turlarga bo‘linadi.
Shka lali asboblarga: masshtabli chizg‘ich, metr, o‘rama metr (ruletka), shtan-
gensirkul ka bilar kirsa,
shkalasiz asboblarga xatkash, sirkul, kronsirkul, nutromer,
turli rejalash andaza (shablon)lari va boshqalar kiradi. Go‘niya, malka, xatkash
kabi asboblar foydalanish о‘rniga kо‘ra shkalali va shkalasiz bо‘lishi mumkin.
Rejalash deb
chizmadagi shakl va о‘lchamlarni rejalash
asboblari yordamida
yasaladigan buyumning zagotovkasiga kо‘chirishga aytiladi. Rejalash uchun yuqorida
aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga qalam va turli rejalash andazalaridan foyda-
laniladi.
Turli materiallardan yasaladigan buyumlarni rejalashtirishda qalam muhim aha-
miyat kasb etadi. U bilan nuqtalar belgilanadi va belgilangan nuqtalar chiziqlar bilan
tutashtiriladi (17-rasm).