29
29
jilvir qog‘oz.
Jilvir qog‘oz bir tomoniga mayda qattiq
mine rallar yoki shisha
kukuni yelimlab yopishtirilgan ip ma to yoki qalin qog‘ozdan iborat bo‘lib, par-
dozlashda ishlatiladi (29-rasm).
Sirtlarni jilvir bilan pardozlash ishlari oddiy usulda (qo‘lda) va jilvirlash mashi-
nasida bajariladi (30-rasm).
Mayda
donalar
Qattiq donalar
Asos
a) jilvir qog‘oz tuzilishi b) jilvir qog‘oz namunalari
29-rasm.
Jilvir qog‘oz.
a) oddiy usulda jilvirlash b) jilvirlash
mashinasida ishlov berish
30-rasm.
Jilvirlash texnikasi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. О‘lchash va rejalash ishlarini bir-biridan farqli va о‘xshashlik tomonlari
nima lardan iborat?
2. Arra va randalarning qanday turlarini bilasiz? Ulardan qanday
maqsadlarda
foy dalaniladi?
3. Bolg‘a, egov, iskanalarning qanday turlarini bilasiz?
4. Jilvir qog‘ozlar qanday tuzilishga ega? Ulardan nima maq sadda foyda-
laniladi?
30
30
10-§.
YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH STANOKLARI
VA ULARNING TURLARI
Duradgorlik ustaxonalarida STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik
sta noklari ishlatiladi.
Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari yordamida yog‘och materiallar dan
har xil aylanish sirtlarga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi.
STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogining aso siy uzellari
stanina, oldingi babka, ketingi babka, tirgak, o‘yuvchi mos lama bo‘lib, uning yordamida
o‘yish-teshish ishlari bajariladi (31-rasm).
Yog‘ochga ishlov
beriladigan tokarlik dast-
gohining asosiy qismi yo‘naltirgichli stanina (3)
bo‘lib, u ikkita tayanch pan jalarga o‘rnatiladi.
Staninaga oldingi va ketingi bab ka hamda tut-
qichli g‘aladon joylashgan.
Ishchi mexanizmlar
himoya ekrani bilan o‘ralgan qirqish zonasini (ish
maydonini) hosil qiladi.