23
23
a) oval shaklidagi
butoq
b) xochsimon chatnoq
d) taxtadagi
ajroq
e) taxtadagi burang
f) daraxt tanasining
yon qurishi
g) g‘urra
h) yopiq qoplama
nuqson
i) tana qirqimi ning
doiraviy shaklga ega
emasligi
16-rasm.
Yog‘ochlarning nuqsonlari.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida yog‘och materiallarining xoda, brus, brus -
cha, taxta, duradgorlik piltalari, DSP, DVP kabi turlaridan keng foydalaniladi.
Yog‘ochlarning nuqsonlari
deb, ularning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tu-
zilishi va tashqi ko‘rinishidagi buzilishlarga aytiladi.
Yog‘ochlardagi tabiiy holda mavjud bo‘lgan yoki keyinchalik hosil bo‘lgan
nuqsonlarga quyidagilar kiradi: 1. Butoqlar; 2. Yog‘och rangining buzilishi; 3. Chirish;
4. Yoriqlar; 5. Hasharot tushishi; 6. Tana qiyshiqligi; 7. Burang; 8. Yon tomondan
(qisman) qurish; 9. Begona elementlar (mix, sim); 10. Po‘kak (zarang) hosil bo‘lishi;
11. Qoldiq deformatsiyalar (ezilish, o‘yiq, teshik).
Quyidagi 16-ras
mda yog‘ochlarda uchraydigan nuqsonlardan na munalar berilgan.