|
Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik Pdf ko'rish
|
bet | 24/148 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #273065 |
Bog'liq 5-texnologiyaUchinchi bosqich.
Pardozlash ishlari yasalgan buyumlarning si fatini yax-
shilash, ularni chiroyli, mustahkam, nam, yorug‘lik, havo ta’siriga chidamli
qi lish maqsadida amalga oshiriladi. Bu jarayonda yog‘och tabiiy gullarini
saq lovchi tiniq bo‘yoqlar, buyum ustki qismi uchun maxsus tiniq qatlamli qo-
g‘ozlar, faner qoplamalari kabilardan foydalaniladi.
Tо‘rtinchi bosqich.
Yasalgan buyum taqdimoti о‘tkaziladi. Taq dimot ni о‘t-
kazishda yasalgan buyum uchun qanday material tanlan gan ligi, bu buyumdan
qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi, buyumning har tomondan kо‘rinishi
namoyish qilinadi.
1
2
3
-//-
T/r
Ish ketma-
ketligi
Ish eskizi
(yoki texnik
rasmi)
Asboblar
jihoz va
moslamalar
О‘lchov va
rejalash
Ish
Mustahkamlash uchun savollar
1. Yog‘och materiallaridan buyumlar yasashning qanday bosqich larini bilasiz?
2. Texnik rasm, eskiz va chizmalarni farqli va о‘xshash tomonlarini tushuntirib
bering.
3. Texnologik xarita nima? Nima uchun texnologik xaritalar ishlab chiqilishi
kerak?
12-§.
DURADGORLIK BUYUMLARI DETALLARINI
TAYYORLASH
Duradgorlik ishlarida sifatli buyumlar tayyorlashda bir ne cha bog‘lash usul lari
qо‘llaniladi.
Duradgorlik buyumlari detallarini tayyorlashda kо‘proq quyidagi bog‘lash usul-
laridan foydalaniladi (6-shakl). Ularga dasta bet bog‘ lash, tо‘g‘ri tirnoqli birikmalar,
porsi usulida bog‘lash, zakrovli va “Qaldirg‘och quyruq” tirnoqli birikmalar kiradi
(39-rasm).
Duradgorlik birikmalarini hosil qilishda brusok tayyorlanadi. Tay yorlangan brusok
tirnoq, in va quloqlar ochish uchun rejalab olinadi (40-rasm a, b, d).
Tirnoq
– bu in yoki kо‘zning о‘lchamlari va profiliga mos keladigan ish qismining
oxirida chiqariladigan qismi.
In
– brusokning ishlov beriladigan qismiga teshik ochiladi va uning ichiga tirnoq
kiritiladi. In tirnoqning о‘lchami va profiliga mos kelishi kerak.
|
| |