47
47
15-§.
METALLGA ISHLOV BERISHDA XAVFSIZLIK
TEXNIKASI QOIDALARI
Texnologik xaritada belgilan gan texnologik jara yonga qat’iy
rioya qilish
tex-
nologik
intizom
deb ata ladi.
Texnologik intizomga rioya qilish ishlab chiqarishning normal borishini, mah su-
lotning yuqori sifatli bo‘lishini, mehnat unum dorligini va buyum tannarxining ka-
mayishini ta’minlaydi.
Metallarga ishlov berish ustaxonasida ishlarni bajarishda intizomga va xavfsizlik
texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish belgilangan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1.
Mehnat intizomini saqlang, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal
qiling. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnini tashlab ketmang. Uskunalarga ortiqcha
teginmang, o‘quv mashg‘ulotida boshqalarga xalaqit bermang.
2. Metallga ishlov berish ustaxonasiga kirganda maxsus ish kiyi mida bo‘lish,
kiyimning barcha tugmalari qadalishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l
uchini siqib
turishi yoki tugmasi qadalgan bo‘lishi kerak. Galstuk va sharflar osilib qolmasligi,
sochlaringizni bosh kiyimi to‘liq yopib turishi lozim.
3. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni belgilangan tartibga rioya qil-
gan hol da bajaring. Ishni texnologik xarita asosida yoki ko‘rsa tilgan
usullar bilan
olib bo ring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.
4. Metallga ishlov berishda tiskilar ishga yaroqli bo‘lishi, unga qistiriladigan
buyumlarni
mahkam tutib turishi, dastgohlarga puxta o‘rnatilishi kerak. Tiskilarning
jag‘lari nosoz bo‘lmasligi shart.
5. Tiskilarga detallarni o‘rnatishda ularni qotirishni faqat qo‘l kuchi bilan bajaring.
Detalni tiskidan chiqarib olishda uni chap qo‘lda tutib, tiskini ohista bo‘shating.
6. Bolg‘a, bosqon, yog‘och to‘qmoq kabi zarb beruvchi asboblar ning dastalari
pishiq yog‘ochlardan tayyorlanishi va ular puxta o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
7. Zubilo, kreysmeysel, chekich, sumba kabi zarb ta’sir
etuvchi asboblarning
kallaklari ezilmagan bo‘lishi kerak. Ezilgan kallakli as bob lardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi.
8. Chilangarlik dastgohida ishlaganda ehtiyot to‘sqichi mustah kamligini tekshirib
oling.
9. Mo‘rt metallarga ishlov berishda ulardan uchib chiqqan metall kukunlari ko‘zga
tushmasligi uchun ehtiyot ko‘zoynagini taqib oling.
10. Ish o‘rnini tartibli va toza tuting. Ish joyini metall parchalari va kukunlardan
faqat cho‘tka yordamida tozalang.
11. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinmaganda yoki
shi kastlanish holati
yuz berganda darhol o‘qituvchiga xabar qiling.