46
46
chap qo‘lning to‘g‘rilangan bar moq lari iyakka tegib
turadigan qilib tiski jag‘lariga
qo‘yiladi (53-rasm, b).
3. Stulbop tiskisida tirsakdan bukilgan, tiskining jag‘iga qo‘yilgan chap qo‘l
musht qilib qisilganda iyakka tegadi (53-rasm, d).
Siz metallga ishlov berish ustaxonasida shunday ishlashga o‘rga nishingiz kerakki,
u qulay va tartibli bo‘lsin.
4-amaliy mashg‘ulot.
Chilangarlik
dastgohi va tiskisi
tuzilishini o‘rganish.
jihozlar:
chilangarlik dastgohi,
chilangarlik tiskisi, ko‘rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Metallga ishlov berish ustaxonasi tuzilishi va ustaxonada mavjud
bo‘lgan chilan garlik dastgohi bilan tanishib chiqing.
2. Chilangarlik dastgohi qismlarini tushuntirib bering.
3. Chilangarlik tiskisini ko‘rib chiqing. Uning tuzilishiga ko‘ra qismlari qanday ish
bajarishini tushuntiring.
4. Chilangarlik tiskisi balandligi bo‘yingiz balandligiga mos kelishini aniqlang.
5. Chilangarlik tiskisi dastasini soat mili yo‘nalishi bo‘yicha aylantirib, za go-
tovkani tiski lablari orasiga mahkamlash va bo‘shatib olishni mashq qiling.
6. Ish o‘rnini yig‘ishtiring. Zagotovka va asboblarni navbatchiga topshiring.
Unutmang!
Bolg‘acha bilan tiski vintining dastasiga urish ta
qiqlanadi. Bu holda vint rezbasi uzilib ketib, tiski ishdan chiqishi yoki
o‘zingizga zarar yetishi mumkin.