40
40
pemza
– och sariq rangli, yengil, g‘ovak, qattiq toshdir. Pemza shpaklovkalangan
va bо‘yalgan sirtlarni quruqligicha va namlab silliqlash uchun ishlatiladi (45-rasm).
3. Lok va bо‘yoqlar.
Pardozlashning sо‘nggi bosqichi loklash va bо‘yashdan
ibo rat. Bu yо‘l bilan pardozlash
materialining tiniqligi, jilolanishi, yog‘ochning
tabiiy gulini о‘zgartirishiga qarab ikki turga bо‘linadi:
– yog‘ochning tabiiy rangi va gulini o‘zgartirmaydigan
tiniq duradgorlik
pardozi;
– yog‘ochning tabiiy rangi hamda gulini yo‘qotib, sidirg‘a ko‘rinishiga kel-
tiradigan tiniqmas bo‘yoqchilik pardozi.
Bо‘yoqlar
suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog‘ochning
tabiiy gulini
yо‘qotmagan holda rang berish xususiyatiga ega bо‘lgan moddalardir.
Bо‘yoqlar о‘simlik bо‘yog‘i va sun’iy bо‘yoqlarga bо‘linadi.
О‘simlik bо‘yoqlari ayrim daraxt va о‘simliklardan olinadi. Sariq bо‘yoq
(rang) – zanjabildan, qora bо‘yoq – zirkdan, jigarrang – olma daraxti pо‘stlog‘idan,
kо‘k rang – bug‘doydan olinadi.
Sun’iy bо‘yoqlar toshkо‘mirni qayta ishlash natijasida oqsil bо‘lgan mah-
sulotlardan olinadi. Ular yog‘ochning tabiiy go‘zalligini va dekorativ kо‘rinishini
oshirishga imkon beradi.
Loklar
tiniq pardozlashda ishlatilib, yog‘ochning tabiiy gulini о‘zgar tir-
magan holda uning jilolanishini, namga, haroratning о‘zgarishiga, yorug‘lik
ta’ siriga chidamliligini oshiradi.
Loklar erituvchining
turiga qarab spirtli, moyli va nitroloklarga bо‘linadi (46-rasm).