137
137
1. Sarja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu o‘lchamdagi
oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi hamda o‘sha
tartibda
kesib olinadi.
2. Rangli lentalar oq qog‘ozning orqa tomonidan o‘tkaziladi. Ular
birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 2 ta tanda ostidan, goh
1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
3. Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, goh
1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi va
oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi.
4. Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta
tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
5. To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab to‘qiladi.
Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq qog‘ozga
yelimlab qo‘yiladi.
6. Tayyorlangan namuna ishchi daftarga yopishtiriladi.
Sarja to‘qish va uning amalda bajarilishi
Bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash
Xohlagan b
uyumlarni tikish uchun bichganda, uning
qismlari shakli buzilishiga
va og‘ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun matodagi bo‘ylama ipni aniqlash va
yo‘nalishini esda tutish kerak. Matodagi bo‘ylama ipni aniqlashning asosiy
belgilarini
ko‘rib chiqamiz: 1) bo‘ylama ip doim matoning milki bo‘ladi; 2) matoni tortganda
bo‘ylama iplar ko‘ndalang iplarga qaraganda kamroq cho‘ziladi; 3) bo‘ylama
iplar
silliq, ingichka va pishiq, ko‘ndalanglari yo‘g‘onroq,
momiqroq va unchalik pishiq
bo‘lmaydi.