129
129
Bahorgi-kuzgi gazlamalar rang-barang gulli, sidirg‘a to‘ qilgan, murakkab to‘quv
gulli qilib ishlab chiqariladi. Qishki kiyimlar uchun bir tomonlama, ikki tomonlama
tuki bor, tekis bo‘yalgan bosma gulli, rang-barang gulli gazlamalar ishlatiladi. Paxta
va zig‘ir tolasidan tayyorlangan gazlamalardan yengil kiyim va ichki kiyim tikishda
foy dalaniladi.
Momiq tolalarga birinchi ishlov berilgach, ip yigirish fabrikalariga keltiriladi. Bu
yerda tozalab, navlarga ajratilgan tolalardan ip yigiriladi.Yigirilgan iplardan gazlama
to‘qishda, tikuvchilik, to‘quvchilik, kashtachilik iplari tayyorlashda foydalaniladi.
Yigirilgan iplar to‘quvchilik fabrikalariga yuboriladi. To‘quvchilik fabrikalarida
gazlamalar uning turiga qarab to‘qiladi. Nima deb o‘ylaysiz, ota-bobolarimiz davrida
gazlama qanday to‘qilgan?
Fan va texnikaning rivojlanishiga qadar barcha hunarmandlar faoliyati qo‘l
mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu qatorda tabiiy tolalardan olingan tolalar ham
qo‘lda yigirilgan. Yigirish moslamalari qo‘lda yoki oyoqda charxlar yordamida
amalga oshirilgan.
To‘quv dastgohi oddiy ikkita yog‘ochdan iborat bo‘lib, uni yuqori qismi ham
yog‘ochdan bo‘lib, unga tanda ipi vertikal osilgan, arqoq ipi maxsus igna bilan to‘qib
o‘tkazilgan. Shu tariqa to‘qima olib, o‘z isteʼmollari uchun foydalanganlar.
9 – Texnologiya, 5-sinf