• Nusxa oluvchi (kalka) qog‘oz – buyumdan nusxa olish uchun foydalaniladi. Chizg‘ich
  • Qog‘oz qirqish uchun qaychi – andazaning asosiy qismi va detallarini qirqishda foydalaniladi. Gazlama qirqish uchun tikuvchilik qaychisi
  • To‘g‘nag‘ich va ignalar
  • Angishvona
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/148
    Sana01.10.2024
    Hajmi33,06 Mb.
    #273065
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148
    Bog'liq
    5-texnologiya

    Santimetrli tasma
     
    – yumshoq va egiluvchan bo‘lishi, lekin cho‘zi luvchan 
    bo‘lmasligi kerak. Bu o‘lchov tasmasi gavdadan yoki biron-bir buyumdan o‘lchov 
    olishda hamda gazlamaning uzunligi va enini o‘lchashda ishlatiladi. Santimetrli 
    tasma, odatda, 150 
    cm
    bo‘lib, har 0,5 
    cm
    oralig‘ida tegishli belgisi bor.
    Nusxa oluvchi (kalka) qog‘oz
    – buyumdan nusxa olish uchun foydalaniladi.
    Chizg‘ich
     
    – chizma chizishda, andaza tayyorlashda, qisqa o‘lchov larni olishda, 
    izma ilmoq va tugma o‘rnini belgilashda foydalaniladi.
    Qog‘oz qirqish uchun qaychi
    – andazaning asosiy qismi va detallarini qirqishda 
    foydalaniladi.
    Gazlama qirqish uchun tikuvchilik qaychisi
    – gazlamalarni bi chishda ish-
    latiladigan maxsus qaychilar 8 raqamli bo‘ladi. Qaychining raqami bajariladigan 
    operatsiyaga va bichiladigan gazlamaga qarab tanlanadi.
    To‘g‘nag‘ich va ignalar
    – 3–4 
    cm
    uzunlikda bo‘ladi. Ular ingichka, o‘tkir, silliq 
    bo‘lishi lozim. Gazlamaga andazani joylash tirishda, gazlama detallarini vaqtincha 
    birlashtirishda ishlatiladi.
    Tikuvchilik bo‘ri
     
    – andazani gazlamaga joylashtirib bichishda ishlatiladi.
    Qo‘l ignalari 
    – ignalar har xil qalinlikda va uzunlikda bo‘ladi. Gaz lamaning yupqa-
    qalinligiga, chok turiga qarab igna tanlanadi. Furnitura buyumlarini birlashtirishda, 
    kalta qaviqqatorda ingichka ignadan, yengli qaviqqatorlarda qalin ignadan foyda-
    laniladi.
    Angishvona
     
    – qo‘lga igna kirib ketmasligining oldini oladi. O‘rta qo‘lga taqiladi. 
    Angishvona barmoqdan tushib qolmasligi yoki uni siqmasligi kerak. Asosan, qalin 
    buyumlarga qaviqqator solinganda ishlatiladi. Angishvona tubli va tubsiz bo‘ladi. 
    Ayollar va bolalar kiyimini qo‘lda tikishda tubli angishvona, ustki kiyimlarni 
    tikishda tubsiz angishvonadan foydalaniladi.

    Download 33,06 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish