148
148
Tikuv mashinalari ixtiro qilingunga qadar barcha tikuvchilik buyumlari qo‘l
choklari orqali bajarilgan. Qadimda qo‘l ishlarini bajargan ustalarni “oltin igna
sohiblari”, “mo‘jiza sohiblari” deb qadrlashgan. Qo‘l mehnatiga ko‘p vaqt
sarf lansa-da, o‘zining nozikligi, nafisligi bilan ajralib turgan. Qo‘l choklarini
bajarishga qaraganda tikuv mashinasida ishlash bir qancha qulay.
Zamonaviy tikuv mashinalari bir qancha jarayonni bajarishga moslashgan bo‘lib,
universal va maxsus tikuv mashinalariga bo‘linadi. Universal tikuv mashinalari
baxyaqatorning barcha turini bajaradi, izma, tugma, kashta tikadi. Ulardan, asosan,
uy sharoitida foydalaniladi. Uy sharoitida bir kishi biron-bir buyumni boshidan
oxirigacha tikadi. Maxsus tikuv mashinalari esa ishlab chiqarish korxonalarida
qo‘llangan bo‘lib, bitta jarayonni bir kishi bajaradi. Maxsus mashinalar o‘ziga xos