144
144
Buyum tikishda vaqtinchalik va doimiy qo‘l choklaridan foydalani ladi.
Vaqtinchalik qo‘l choklari buyumning biron-bir detalini kerakli o‘ringa qo‘yishda,
masalan, cho‘ntak, yoqa, yeng, manjet, burmalarni joylashtirishda, vitochka o‘rnini
ko‘chirishda ishlatiladi. Doimiy qo‘l choklari esa yashirin qaviq orqali buyumning
etak qismini, yeng uchlarini qayirib tikishda, izma, tugma o‘rnatishda hamda bezak
chok sifatida foydalaniladi.
Qaviq tikish uchun igna gazlamaga sanchilgan joydan chapda salqi hosil qilinadi,
igna shu salqilikdan o‘tkaziladi va chap qo‘lning bosh barmog‘i oldida sirtga chi-
qariladi. Bu payt o‘ng qo‘lning jimjilog‘i bilan detal stolga bosib turiladi. Bosh va
ko‘rsatkich barmoqlar bilan esa igna gazlama o‘ngiga chiqariladi va qaviq tortiladi.
Shu tarzda qaviq hosil qilish jarayoni takrorlanadi. Ignani gazlamaga har xil usulda
sanchish mumkin. Shuning uchun qaviqlar ham har xil chiqadi.Qo‘lda bajariladigan
qaviqlar besh xil bo‘ladi: to‘g‘ri, qiya, iroqisimon, halqasimon va izma qaviqlar.
Qo‘l choklarini tikishda quyidagi qoi da larga rioya qilish kerak:
1. Gazlamadagi bo‘r chizig‘ining qalin ligi 0,1
cm
dan oshmasligi kerak.
2. Vaqtinchalik tikilgan qaviqqator och rangdagi ipda tikiladi.
3. Qaviqqator uzunligi chok turiga qarab, 1
cm
ichida 3–5 ta chok bo‘ladi.
4. To‘g‘ri chokli doimiy qaviqqator ipi tikib bo‘lingandan keyin mustahkamlanadi.
5. Salqi qaviqqatorli va vaqtinchalik ko‘klash choklari tikilgach mustah-
kamlanmaydi, bu choklar baxyaqator yurgizilgandan keyin olib tashlanadi.
Qaviq
uzunligi
Qaviq
Chok