123
123
4 - amaliy mashg‘ulot
Qaynatma sho‘rva va mastava tayyorlash texnologiyasi
5-§.
O‘zbek pazandachiligida yuzga yaqin suyuq va quyuq ovqat turlari mavjud.
Taomlar go‘sht va sabzavotlardan, go‘sht
va don-dundan, go‘sht va xamir
oshlardan
iborat lazzatli, to‘qtutar, yevropacha shu xil ovqatlarga nisbatan
ancha quyuqroq va koloriyali qilib tayyorlanadi. O‘zbek pazandachiligida suyuq
ovqatlar ikki xil texnologik usulda tayyorlanadi:
qaynatma va qovurma suyuq
ovqatlar. Qaynatmasi go‘sht, sabzavot qaynatilgan sho‘rvalar asosida va sutga
biron don yoki ugra (makaron mahsulotlari) solib pishiriladigan suyuq oshlardir.
O‘zbek milliy taomlarining aksariyati qovurish usuli orqali tayyorlanadi.
Qovurganda
ham obdan qizartirib, masalliqlarni bir-biriga yaxshilab qorishtirib,
yog‘da jazlab qovuriladi. Masalliqlarning uzoq pishadiganlari yog‘ga
avval
solinib, tez pishadiganlari keyin qo‘shiladi. Maromida jazlangach,
suv quyib
qaynatiladi.
Suyuq taomlarda sabzavotlarning barcha xili: sabzi, sholg‘om, piyoz,
pomidor, kartoshka, karam keng qo‘llaniladi. Turp, lavlagi,
baqlajon suyuq
ovqatlarda kam ishla tiladi. Suyuq ovqatlar don va un mahsulotlarining barcha
turidan tay yorlanadi. Taomga lazzat va bezak berish maqsadida oshko‘klardan
foy da laniladi.