115
115
Q i z i q a r l i m a ’ l u m o t
Osiyoning sharqi va janubidagi orol larda
istiqomat qiluvchi aholi qadim zamonlardan
beri meva daraxtlarining ba’ zi larini non
daraxti deb atashadi. Buning boisi shuki,
bu
daraxtlar serhosil, mevalari bir yo‘la
yoppasiga yetilmay, birin-ketin pishadi va
non o‘rnida iste’mol qilinadi.
Non daraxtining 15–20 yillik bir tupi 1–2
kishini, 5–6 tupi esa
katta bir oilani bemalol
bir yil boqa oladi. Ulkan meva shaklan
bochkaga yoki nokka o‘xshaydi, bo‘yi
30–90 santimetr, diametri 25–50
santimetr
keladi. Pishgan meva och sariq yoki li-
monrang, po‘sti chuchmalroq bo‘ladi. Bu
me valar noyabrdan avgustgacha birin-ketin
pishaveradi. Ehtiyojga qarab keragicha
ovqatga ishlatiladi. Avgust,
sentabr va
oktabr oylarida non daraxti gullashdan va
meva tugishdan to‘xtab, dam oladi. Shu
davr o‘tgach, yana gullab,
meva tugishga
kiradi. Meva xomligida eti qattiq, pishganida
xamirdek yumshoq bo‘ladi.
Ovqat uchun
faqat urug‘siz navlarining mevalari ish-
latiladi. Pishgan mevalardan har xil non
tayyorlanadi. Bunday nonning mazasi biz iste’mol qiladigan nonlarnikidan deyarli
farq qilmaydi. Uni yeganlar o‘zlarini doimo baquvvat va bardam sezadilar.
Bu hol
sinovlar bilan tasdiqlangan. Chunki mazkur nonning tarkibida B va E guruhiga
kiradigan vitaminlar ko‘p. Ular non pishirilganda ham erimay, parchalanmay aslicha
saqlanadi.
116
116
3 - amaliy mashg‘ulot
Buterbrod tayyorlash
Buterbrod tayyorlash usuliga qarab, alohida pichoq tanlanadi. Bu ter brod uchun non,
go‘sht, baliq, sutli mahsulotlar hamda
sabzavot va mevalar kerak
bo‘ladi. Buterbrodlar quyidagi turlarga bo‘linadi: