|
Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik Pdf ko'rish
|
bet | 78/148 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #273065 |
Bog'liq 5-texnologiya1. Ochiq buterbrodlar.
2. Yopiq buterbrodlar.
3. Gazak uchun tayyorlangan buterbrodlar
(kanape, tartinka).
Ochiq buterbrodlar.
Bunday buterbrodlarni
tay yor lashda bo‘lka yoki baton non taxminan
1
cm
qa linlikda, 40
g
og‘irlikda tekis qilib qirqiladi.
Tayyorlangan kolbasa, pishloq, ko‘kat va hokazo mah-
sulotlar non bo‘lagi ustiga joylanadi. Mahsulot 1–3 tagacha
bo‘laklanishi, buterbrod bir yoki bir necha xil mahsulotlardan
tayyorlanishi ham mumkin.
Yopiq buterbrodlar.
Yopiq buterbrodlarning
noni ochiq buterbrodlarga qaraganda yupqaroq
qilib kesiladi. Uning sirtiga yupqa qilib sariyog‘
surtiladi va ustiga mahsulot qo‘yiladi, keyin yana
non bo‘lagi bilan yopiladi.
Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar
(kana pe).
Ularni tayyorlash uchun nonning yumshoq bo‘lagi
kichik kub, romb, doira shakllarida kesiladi, keyin
qizdirilgan tovada ikki tomonini qizartirib qovurib
olinadi. Non sovutilgandan so‘ng ustiga sa-
riyog‘ surtiladi va uning shakliga moslab mah-
sulot qo‘yiladi. Usti sabzavotlar, ko‘katlar bilan
bezatiladi. Bu buterbrod bir necha qavat qilib, bir
necha xil mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin.
117
117
Issiq va yaxna ichimliklar
Ertalabki dasturxonga qanday ichimlik turi tortiladi? Ichimlik
turi uchun qanday idishlardan foydalanasiz?
Choy
– mashhur ichimlik turi hisoblanadi. Qadimdan choydan davo lash usulida
foydalanilgan. Oshqozon, ichak kasalliklarida, qon bosimi oshganda, asab tolalarini
tinchlantirishda choydan foydalanilgan. U o‘z xususiyatiga ko‘ra chanqovbosdi
hamda charchoq chiqaruvchi hamdir. Choyni Yevropaga birinchi bo‘lib gollandiyalik
savdogarlar olib ki rishgan bo‘lib, keyinchalik Indoneziya, Hindiston, Yaponiya, Af
rika davlatlarida choy yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Choyni yetishtirish unga ishlov
berishga qarab bir necha navlarga bo‘linadi. Qo‘l mehnati bilan yetishtirilgan, terib
olingan, unga rang, ishlov berilgan choylar oliy navli choylar hisoblanadi.
|
| |