124
124
Qo‘y go‘shtining yog‘liroq (to‘sh, qovurg‘a) qism-
laridan 0,5
kg
olib, uni xo‘randalar soniga qarab bo‘-
laklab olasiz. Kastrulkaga 3 litrcha suv quyib, go‘shtni
solasiz-da, qaynab chiqqandan keyin olovni pasaytirasiz.
Go‘shtdan so‘ng 1–2 dona archilgan butun sabzi, 2 dona
yuvilgan butun pomidor, 2–3 dona to‘g‘ralgan piyoz
solib, 25–30 daqiqagacha miltillatib qaynatiladi. So‘ng
2–3 dona kar toshka archib, bu tun ligicha, kat ta roq bo‘lsa
2–3 ga bo‘lib solasiz va pi shirishni oxiriga yetkazasiz.
Kartosh ka pishgach, olovni o‘chirasiz. Tuz sho‘rva pishishidan 5 daqiqa oldin solinadi.
Tayyor sho‘rvani dasturxonga tor tish da kosalarga quyib, yuziga to‘g‘ralgan oshko‘k
sepiladi. Go‘sht va sabzavotlarni chovlida suzib olib, har bir xo‘randa uchun likoplarga
teng taqsimlaysiz. Yoki bitta laganga solib keltirsangiz ham bo‘ladi. Sho‘rva birinchi
ovqat, go‘sht va sabzavotlar esa ikkinchi ovqat sifatida iste’mol qilinadi.
Diqqat qiling!
Taom tayyor-
lashda texnika
xavfsizligi va
sanitariya-
gigiyena qoida-
lariga rioya
qiling.
1
5