Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Tikuvchilik xonasi va undagi jihozlar haqida gapirib bering.
2. Ish stolida kerak bo‘ladigan ish qurollariga nimalar kiradi?
3. Tikuvchilik xonasida amal qilinadigan texnika xavfsizligi va sani-
tariya-gigiyena qoidalarini ayting.
4. To‘qimachilik tolalariga nimalar kiradi?
5. Ip va gazlamalar haqida ma’lumot bering.
7-§.
pAXTA VA ZIG‘IR TOLASINING ARQOQ VA TANDA IpLARI.
pOLOTNO VA SARjA TO‘ QISH. GAZLAMANING O‘NG VA TESKARI
TOMONLARINI ANIQLASH
Gazlamaning arqoq va tanda iplari haqida eshitganmisiz? Gazlama ning
o‘ng va teskari tomonlari qanday aniqlanadi?
To‘qimachilik iplarining tanda va arqoq o‘ralishi natijasida gazlama hosil bo‘ladi.
Gazlama bo‘ylab boradigan iplar
tanda iplar
deb ataladi, ko‘ndalang joylashganlari
esa
arqoq iplar
deyiladi. Tanda iplar – tekis, ingichka, yo‘g‘onligi bo‘yicha bir xil,
zich o‘ralgan, xuddi simday tortilgan, pishiq, qattiq bo‘ladi. Gazlamada tanda ip uning
uzunligini belgilaydi. Arqoq ip – yo‘g‘onligi bo‘yicha turli xil, ixcham, yumshoq bo‘-
ladi. Bunday ip cho‘ziluvchan, mato birdaniga tortilsa ip bo‘g‘iq tovush chi qa-
radi. Gazlamada arqoq ip uning enini belgilaydi. Gazlamaning milki bo‘ylab ko‘-
pincha tanda iplar joylashadi, shu bois, pishiq o‘ralma chok yuzaga keladi. Chok
mato iplarini titilishdan va cho‘zilib ketmasligidan saqlaydi. Chokdan chokkacha
bo‘lgan masofa matoning eni deyiladi.
To‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish uch bosqich –
yigirish, to‘qish va
bezatishdan
iborat bo‘lgan murakkab jarayondan iborat.
Yigirish
– bu uzun, yigirilgan ipni o‘rash yo‘li bilan qisqa tolalardan olinadigan
jarayon. Yigirish fabrikasiga tola bosib taxlangan holda keltiriladi. Ularga maxsus
mashinalarda bir nechta bosqichda ishlov beriladi:
1) tola titilganidan keyin bir xil qolipda aralashtirilib, tarkibidagi qo‘shilmalardan
ajratilganidan so‘ng bo‘z holiga keladi;
2) bo‘zni tarab va tola hajmini cho‘zib eni yuzaga keltiriladi;
3) tola hajmini yanada cho‘zib, o‘rab, tayyor bo‘lgan yigirilma (yigirilgan iplar)
chig‘iriqqa (aylanmaga) o‘ralashadi. Ishlab chi qarishdagi asosiy kasb yigiruvchi
133
133
mutaxassis hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta stanoklarda ish bajara oladi.
Ish jarayonida
yigiruvchi mutaxassis ipning uzilganini yengil va tez fursatda bartaraf
qiladi, g‘altak va bobinani almashtiradi, jihozlarga xizmat ko‘rsatadi.
To‘qimachilik
– yigirilgan iplardan mato olish jarayonidir. Tayyor iplar sexga
kelib tushadi, to‘quv stanoklarida ulardan mato to‘qib chiqariladi. Tanda va arqoq
iplar o‘zaro birlashib to‘qishni tashkil qiladi. Aylanma to‘qimachilikning keng
tarqalgani – dasmolchilik, bo‘zchilik. To‘quvchilik stanogida ishni to‘quvchi
boshqaradi. U bir vaqtning o‘zida 48 tadan 64 tagacha avtomat dastgohlarga xizmat
ko‘rsatadi. Dastgoh to‘xtab qolsa, to‘quvchi uzilgan iplarni ulaydi, mato sifatini
kuzatib boradi.
|