Q W E R
T Y U I O P
A S
D F G
H J
K L
Z X C
V B
N M
4-rasm.Enigma kriptografik shifrlash qurilmasi ishlash prinspi
T harfini shifrlashni ko‘rib chiqamiz:
Klaviaturada T harfini bosganimizda algoritm quyidagicha bo‘ladi.T harfi K ga
o‘zgaradi va g’ildiraklardan o‘tishni boshlaydi. K harfi Statik g‘ildirakdan O‘ng
g‘ildirakga o‘z holicha o‘tadi. K harfi o‘ng g‘ildirakda 10 birlik oldinga suriladi
ya’ni U harfiga o‘tadi.U harfi o‘ng g‘ildirakda 5 birlik orqaga suriladi va P harfi
hosil bo‘ladi. P harfi chap g‘ildirakda 8 birlik orqaga surilib H harfiga o‘zgaradi va
Reflektor uni 4 birlik orqaga surib D harfiga o‘tkazadi. Qaytish jarayoni boshlanadi:
Chap g‘ildirakda D harfi 3 birlik oldinga surilib G bo‘ladi. O‘rta g‘ildirak G harfini
11 birlik oldinga surib R hosil qiladi va R harfi o‘ng g‘ildirakda 5 birlik oldinga
surilib W hosil qilinadi.W harfi Statik g‘ildirakda o‘zgarmasdan o‘tadi va jadvalga
ko‘ra G harfiga aylanadi. Natijada T harfi shifrlanib G harfiga aylanadi.
"Enigma" ning samaradorligi va ishonchliligi Germaniya Bosh shtabi tomonidan
o'zining haqiqiy qiymatiga baholandi: 1920 yillarning oxiri va 30-yillarning
boshlarida Germaniya qurolli kuchlarining barcha turlarini jihozlash uchun qabul
qilingan. Biroq, taxminan bir vaqtning o'zida Polsha razvedkasi impulsni sozlash
to'plamlari bilan beshta bunday qurilmani qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.