|
Zararli dasturiy vositalarni himoyalash usullariBog'liq 1-mustaqil ish kiberxavfsizlik Zararli dasturiy vositalarni himoyalash usullari
1. Antivirus dasturidan foydalaning
Barcha foydalanadigan qurilmalaringizda doimo ishonchli antivirus dasturi
o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bu sizning viruslar va boshqa zararli dasturlardan asosiy
himoyangizdir. Yangi tahdidlardan xabardor bo’lish uchun antivirus dasturini
muntazam yangilab turing. Windows tizimi Microsoft Defender deb nomlangan o’z
ichki bepul va ishonchli antivirus dasturiga ega. Microsoft Defender dasturini
sozlamalarini to’g’ri sozlash orqali qurilmangizni yanada yaxshiroq
himoyalashingiz mumkin.
2. Qurilmalaringizdagi dasturiy va apparat ta’minotini o’z vaqtida yangilab turing
Zararli dastur dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni topadi va ular orqali
qurilmalaringizga zararlantiradi. Xakerlar va jinoyatchilar doimo ana shunday
zaifliklar ortidan izlanishdalar. Dasturiy ta’minot yaratuvchi tashkilotlar bu
zaifliklarni yangilanishlar bilan birga chiqarilgan xavfsizlik tuzatishlari bilan
bartaraf etadi. Shu boisdan, yangilanishlar o’z vaqtida o’rnatish juda muhim.
3. Havolalarni bosishdan oldin ularni tekshiring
Notanish odamlar yoki tashkilotlar tomonidan yuborilgan havolalarni hech qachon
bosmang. Shuningdek, olingan har bir havola salohiyatli xavfga ega deb hisoblang.
Hamkasbingiz, bank yoki siz foydalanayotgan ijtimoiy media xizmatidan elektron
xabar olganingizda, undagi havolani bosishga shoshilmang. Toʻliq veb-sayt
manzilini havola ustiga kursorni olib borib (ustiga bosmang) tekshiring. Shunda
qilib havolani bosish kerak yoki yo’qligini aniqlay olasiz. Shu bilan bir qatorda, sayt
haqiqiy ekanligiga amin bo’lish uchun brauzer oynasini ochib, manzilni to’g’ridan-
to’g’ri URL maydoniga kiritishingiz mumkin. Qisqartirilgan URL havolalardan
foydalanishda esa o’ta ehtiyot bo’ling. Qisqartirilgan havolaning ortidagi asl URL
havolani har doim tekshiring. Qisqartirilgan URL manzilini “dekodlash – ochib
ko’rish” uchun UnshortenIt kabi bepul onlayn xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
4. Qalqib chiquvchi oynalarga ishonmang
Hammamiz ham Internetdan foydalanayotganimizda to’satdan qalqib chiqib,
kompyuterimiz zararlanganligi va uni himoyalash uchun zarur dasturni yuklab
olishimizni tavsiya qiladigan qalqib chiqivchi oynalarga duch kelganmiz. Bunday
tuzoqlarga ilinmang. Oqilona ish tuting.
|
| |