• ONLAYN REJIMDA VIDEOMULOQOT O‘TKAZISH VA DARSNI TASHKIL ETISH IMKONIYATINI BERUVCHI DASTURLAR
  • O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
  • Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020




    Download 4.31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/70
    Sana11.05.2022
    Hajmi4.31 Mb.
    #20886
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
    Bog'liq
    5-informatika-metodika
    12, 10-sinf adabiyot testlar yangi darslik, Dunyoqarash tushunchasi, Strategik marketing-hozir.org
    O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
    VI bob. Dasturlash texnologiyasi
    “Spraytlar uchun yangi qahramon” nomli rasmlar konkursi.
    “Spraytlar uchun eng yaxshi ssenariy” loyihasi konkursi.
    “Eng yaxshi animatsiya” konkursi.
    “Kichik multiplikator” nomli dasturlar konkursi.
    “Dasturchilar bellashuvi” – musobaqa darsi.
    “Robotlar o‘yini” loyihasi mavzusida tayyorlangan “Eng iqtidorli dasturchi” nominatsiyasi 
    uchun bellashuv.
    Bajariladigan loyiha ishlarini berilgan vazifalar murakkabligiga ko‘ra:
    • yakka tartibda ishlash; 
    • juft bo‘lib ishlash;
    • 3–4 nafar o‘quvchi (guruh bilan ishlash); 
    • qatorlar bo‘yicha; 
    • jamoa bo‘lib ishlash kabi turlarga bo‘lib taqsimlash mumkin.
    Zoom.us
    – videokonferensiya va vebinar o‘tkazish platformasi. Bepul 
    versiyada 40 daqiqa davomida 100 nafar ishtirokchi bilan muloqot 
    qilish imkoniyati mavjud. Darsni smartfon yoki kompyuter orqali 
    tashkil etish mumkin. Dars yoki videokonferensiya ishtirokchisi ovoz 
    (gaplashish) yoki videorejimda ishtirok etishi mumkin.
    ONLAYN REJIMDA VIDEOMULOQOT O‘TKAZISH VA DARSNI 
    TASHKIL ETISH IMKONIYATINI BERUVCHI DASTURLAR
    Videodarslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Facebookda tashkil eting. Mazkur 
    dasturda jonli efirda onlayn darslarni o‘tkazishingiz mumkin. Dasturda 
    sinf uchun yopiq, qiziquvchilar uchun esa ochiq guruh yarating. 
    WizIQ
    – onlayn mashg‘ulotlarni tashkil qilish xizmati. Sinf uchun 
    tashkil etilgan darsda qatnashish uchun o‘quvchilar shu xizmatda 
    ro‘yxatdan o‘tadi.
    Periscope 
    – jonli efir o‘tkazish uchun maxsus platforma. O‘quvchilar 
    o‘qituvchi translyatsiyasini ko‘rish uchun dasturni o‘z telefonlariga 
    o‘rnatib, akkaunt ochishlari shart.


    18
    5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 
    O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
    Skype
    – videokonferensaloqa xizmati. Mazkur xizmatdan foydalanish 
    uchun darsda ishtirok etuvchi har bir o‘quvchida Skype akkaunti 
    bo‘lishi lozim. Darsning boshlanishida e’lon qilingan qo‘ng‘iroqqa 
    ko‘ra qolgan ishtirokchilar ulanadi. 
    Edpuzzle
    yordamida videoviktorina yaratish mumkin. Bunda savol 
    va bitta to‘g‘ri javob, savollarga javoblar yoki audiosharhlar, matnli 
    sharhlar yoki audio yozuvlardan foydalanish mumkin. Mazkur 
    servisga videoni YouTube, Vimeo, National Geographic kabi 
    videoservislarni qo‘yish mumkin.
    Teachers.dosmos
    servisi matematika o‘qituvchilari uchun qulay. 
    Unda raqamli o‘quv materiallarini yaratish, monitoring qilish, o‘z-o‘zini 
    sinash, fikr-mulohazalar almashish imkoniyatlari mavjud. O‘qituvchi 
    interfaol topshiriqlarni ishlab chiqadi, so‘ngra o‘quvchilarga ishlashga 
    ruxsat beradi. Bunda real vaqt rejimida o‘quvchilar faoliyatini nazorat 
    qilish mumkin. 
    Kubbu
    – istalgan o‘quv fanidan interfaol topshiriqlar yaratish imkonini 
    beruvchi servis.
    LearningApps
    servisda o‘z-o‘zini sinashning turli usullarini qo‘llash 
    mumkin. Servis yordamida matn, o‘rniga qo‘yish, viktorina, tasnif, 
    interfaol video va boshqalardan foydalanish mumkin.
    Screencast-O-Matic
    dasturi ekran yoki monitorda aks etayotgan video, tasvirni yozib 
    olish imkonini beradi. Videorolikning davomiyligi 15 daqiqadan oshmaydi. Yozilgan 
    videoni kompyuterda saqlash yoki YouTubega joylashtirish mumkin. Videoning hajmi 
    va sifatini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Yozish jarayonida ham videoqatorni to‘xtatib 
    turish yoki unga o‘zgartirish kiritish mumkin. Mazkur dastur (servis) yordamida ma’lum 
    bir uskunadan foydalanishga videoko‘rsatma va yo‘riqnomalar yaratishni tavsiya qilamiz. 
    Ma’ruzaning formula va aniq masala yechimiga bog‘liq qismini ham tayyorlash mumkin. 
    Videokontentni kamera (masalan, smartfon)ga yozish yoki kompyuter ekraniga yozib olish orqali 
    yaratish mumkin. 
    Videokontent yaratish uchun dasturiy ta’minot tavsiflari
    Instagram Live
    – videoni Instagram orqali translyatsiya qilish. 
    O‘quvchilar sahifangizga a’zo bo‘lishadi va dars haqidagi ma’lumot
    yoki xabarni Instagram sahifasi orqali oladi. Zarurat tug‘ilsa, 
    instagramda yopiq sinf tashkil qilish va unda onlayn darsni tashkil 
    etish 
    mumkin.

    Download 4.31 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




    Download 4.31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020

    Download 4.31 Mb.
    Pdf ko'rish