• O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
  • “GOOGLE DOCS”DA O‘QUV MATERIALLARINI TAYYORLASH




    Download 4.31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/70
    Sana11.05.2022
    Hajmi4.31 Mb.
    #20886
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
    Bog'liq
    5-informatika-metodika
    12, 10-sinf adabiyot testlar yangi darslik, Dunyoqarash tushunchasi, Strategik marketing-hozir.org
    “GOOGLE DOCS”DA O‘QUV MATERIALLARINI TAYYORLASH
    “Google Docs” yordamida o‘quv materiallarini yarating. O‘quvchilarga materiallardan foydalanish 
    uchun ruxsat (доcтуп) bering. O‘quvchilar o‘quv materiallarni ko‘chirib olish, uning ustida o‘qituvchi 
    bilan hamkorlikda ishlash, bajarilgan topshiriqqa sharh yozish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Bunda 
    o‘quvchi faoliyatini yo‘naltirish ancha qulay. 
    Hujjat (dokument)lar – Google tomonidan taqdim etilgan, imkoniyatlari bo‘yicha MS Worddan 
    deyarli qolishmaydigan, hatto baʼzi jihatlariga ko‘ra undan ham ustun keladigan bepul veb-xizmat. 


    20
    5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 
    O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
    Sekinroq ishlaydi. Ayniqsa, internetning tezligi kamayganda, katta hajmli matnlar bilan 
    sekinroq ishlaydi. Bunday holatda Wordda tezroq ishlash mumkin bo‘lgani holda, Google 
    Docsda to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin.
    Akkauntga bog‘liq bo‘ladi. Barcha hujjatlar sizning hisob qaydnomangizga ulangan bulutda 
    saqlanadi. Agar kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lsangiz – barchasidan mahrum bo‘lasiz!
    Ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘ladi. Agar aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy 
    kommunikatsiyalar sohasi bo‘yicha bosh nazorat xizmati Googleni bloklashga qaror qilsa
    u holda sizning ishingiz nima bo‘ladi? Lekin muammoni hujjatning nusxasini docx formatida 
    saqlash orqali hal qilish mumkin.
    Internetga bog‘liq bo‘ladi. Tarmoqqa kirishning imkoni bo‘lmasa, u holda siz hech narsani 
    ocha olmaysiz. Bunda faqat keshda saqlanadigan fayllardangina foydalanishingiz mumkin.
    Umuman olganda, xizmatning bu turi yomon emas. Undan foydalanib ko‘rganlar avvaliga qo‘l 
    siltashdi, keyin esa kutilmaganda Worddan voz kechishdi.
    Xizmatlar bepul. Albatta, Wordni ham “boshqacha usul bilan” bepul olish mumkin. Ammo 
    tijorat tashkilotlarida bunday qilish mumkin emas, chunki bunday holatda jiddiy jarimaga 
    tortilish mumkin.
    Hamma narsa bulutda saqlanadi. Agar kompyuter buzilib yoki “qotib” qolsa, maʼlumot 
    butunligicha saqlanib qoladi. MS Word ham bulutli omborlar bilan ishlashi mumkin, ammo 
    Google undan bevosita, avtomatik tarzda foydalanadi. 
    Fayllarni o‘zaro almashishning oddiyligi. Bunda faqat havola yuboriladi, kerakli odam esa 
    hujjatni to‘liq qabul qilib oladi. Bu siz, hamkasblaringiz va mijozlaringiz vaqtini tejaydi.
    Jamoaviy ishlash imkonini beruvchi uskunalar. Bitta fayl ustida bir vaqtning o‘zida bir necha 
    foydalanuvchi ishlashi mumkin. Worddan foydalanganda esa buni amalga oshirish biroz 
    qiyin, lekin unda ham amalga oshirish mumkin.
    Qulay o‘zgarishlar tarixi. Deylik, siz qandaydir muhim narsani o‘chirib yubordingiz, so‘ngra 
    yana 2 bet matn ham yozdingiz. Bunda orqaga qaytish uchun Ctrl + Z tugmachalarini 1000 
    marta bosish shart emas.
    Ovoz yordamida matn kiritish. Ko‘zingiz charchadimi? Divanda yonboshlab yotib ishlashni 
    xohlaysizmi? U holda matnni Googlening sunʼiy intellektiga aytib tursangiz bas. U rus tilini 
    juda yaxshi tushunadi, muhimi, hamisha uni o‘rganishda davom etadi.
    Kross-platformalilik. Google Docs odatiy veb-brauzerga ega har qanday operatsion tizim 
    o‘rnatilgan qurilmada ishlay oladi.
    AFZALLIKLARI
    KAMCHILIKLARI


    21
    5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 

    Download 4.31 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




    Download 4.31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “GOOGLE DOCS”DA O‘QUV MATERIALLARINI TAYYORLASH

    Download 4.31 Mb.
    Pdf ko'rish