Ma'lumotlar bazasi modeli
Ma'lumotlar bazasini fizik modellashtirish mantiqiy ma'lumotlar bazasini
modellashtirish jarayonida to'plangan talablar asosida haqiqiy ma'lumotlar bazasini
loyihalash bilan shug'ullanadi. To'plangan barcha ma'lumotlar relyatsion modellar
va biznes modellariga aylantiriladi. Fizik modellash jarayonida ob'ektlar sxema
darajasi deb nomlanadigan darajada aniqlanadi. Sxema ma'lumotlar bazasida bir-
biri bilan bog'liq bo'lgan ob'ektlar guruhi deb hisoblanadi.
Jadvallar va ustunlar mantiqiy modellash jarayonida taqdim etilgan ma'lumotlarga
muvofiq amalga oshiriladi. Boshlang'ich kalitlar, noyob kalitlar va xorijiy kalitlar
cheklovlarni ta'minlash uchun belgilanadi. Indekslar va suratlar aniqlanadi.
Ma'lumotlar umumlashtirilishi mumkin va jadvallar yaratilgandan so'ng
foydalanuvchilarga muqobil istiqbol taqdim etiladi.
Ma'lumotlar bazasini modellashtirish ushbu tashkilotda foydalaniladigan dasturiy
ta'minotga bog'liq. Bu o'ziga xos dasturiy ta'minot. Fizik modellashtirish
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Server model diagrammasi - Bu jadvallar va ustunlar va ma'lumotlar bazasida
mavjud bo'lgan turli xil munosabatlarni o'z ichiga oladi.
Ma'lumotlar bazasini loyihalash hujjatlari.
Foydalanuvchilarning aloqa hujjatlari.
Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
1.
Fizik model
. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl
nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq
qiladigan modellar, masalan,
samolyot
, kema, avtomobil, poyezd, GES va
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi.
2.
Matematik
modellar
tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga
oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib,
tajriba ma`lumotlariga ko`ra
yoki mantiqiy asosda tuziladi
, so`ngra tajriba yo`li
bilan tekshirib ko`riladi.
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish
tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish
imkonini beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan
tashkil qilish va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-
mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik
hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi.
3.
Biologik model
turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra,
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni
modellashda qo`llaniladi.
Biologiyada
, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi.
Ular biologik, fizik va matematik modellardir.
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki
kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu
holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba
asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir
qilish,
mikroblar yuqtirish
, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati
mahsuli bo`lgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday
modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq
qilinadi.
4.
Fizik-kimyoviy
modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki
kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
5.
Iqtisodiy modellar
taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi.
F.Kene
ning
"Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqdrish
jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo`nalishlarini o`rganish uchun har xil
modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari
xalq xo`jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko`rsatkichlar,
jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste`mol, jamg`armalar, investitsiya
ko`rsatkichlarining dinamikasi
va nisbatini tahlil qilish
, uni oldindan aytib berish
uchun katta iqtisodiy modellar qo`llaniladi. Aniq xo`jalik vaziyatlarini tekshirishda
kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan,
matematik modellardan foydalaniladi.
Mashina muhitida ma’lumotlarni tashkil etish
|